Turkiya Egey dengizidagi boyliklarni adolatli taqsimlashni xohlaydi

Bu haqda Turkiya milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar Marmara dengizida sinov bosqichida bo'lgan dunyodagi birinchi qurolli uchuvchisiz uchish apparatlari (SİHA) va Turkiyaning “Anadolu” harbiy kemasi ustida tekshiruvlar o'tkazayotgan paytda tilga oldi.

1926610
Turkiya Egey dengizidagi boyliklarni adolatli taqsimlashni xohlaydi

 

Turkiya Egey dengizidagi boyliklarni yaxshi qo'shnichilik tamoyili asosida adolatli taqsimlashni chin dildan qo’llab-quvvatlaydi.

Bu haqda Turkiya milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar ma’lum qildi.

U bu so’zlarni Marmara dengizida sinov bosqichida bo'lgan dunyodagi birinchi qurolli uchuvchisiz uchish apparatlari (SİHA) va Turkiyaning “Anadolu” harbiy kemasi ustida tekshiruvlar o'tkazayotgan paytda tilga oldi.

Akar qolaversa, Turkiya va Shimoliy Kipr Turk Respublikasining Egey va Sharqiy O’rta yer dengizidagi huquq va manfaatlari haqida gapirdi.

Gretsiyaning provokatsion harakatlari davom ettirayotganini tilga olgan Hulusi Akar, “Turkiya hech kimga tahdid emas, u ishonchli hamkor, kuchli va samarali ittifoqchi. Buni barcha bilishi kerak”,-dedi.

Turkiyaning diplomatik muloqotga chaqiruvini zaiflik deb tushunmaslik kerakligini ta'kidlagan Akar,

“Biz Egey dengizi boyliklarini samimiy yaxshi qoʻshnichilik tamoyili asosida adolatli boʻlishish haqida gapiryapmiz. Biz o‘zimizning va kiprlik birodarlarimizning huquq va manfaatlarini buzmaymiz va hech qanday nojo’ya harakatga yo‘l qo‘ymaymiz”,-dedi.

U shuningdek, uchinchi shaxslarni voqealarga xolis yondashishga, hissiyotga beriluvchi yoki noto'g'ri fikr yuritmaslikka chaqirdi.

Mudofaa vaziri Kipr masalasini  Turkiyaning "milliy masalasi" deb baholadi.

“O‘tmishda bo‘lgani kabi, Kafolat va ittifoq shartnomasiga muvofiq kiprlik birodarlarimizning yonidamiz. Gap Kiprda ikkita suveren, teng va mustaqil davlat haqida ketmoqda. Endi masala bu davlatni barpo etishda emas, balki bu tuzilgan davlatni tan olishdadir”, deydi Hulusi Akar.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya

Aloqador xabarlar