Prezident Erdoʻgʻan ishonch maktublarini qabul qildi

Anqaradagi yangi elchilar Prezident Erdoʻgʻanga ishonch maktublarini topshirib, yangi vazifasiga kirishdilar.

1924519
Prezident Erdoʻgʻan ishonch maktublarini qabul qildi
sri lanka elci saranya hasanthi urugodawatte dissanayake.jpg
uruguay elci hugo cayrus.jpg
israil elci ırit lillian.jpg
kirgiz elçi ruslan kazakbaev.jpg

Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻan 4 davlatning elchisini Anqarada alohida - alohida qabul qildi.

Shu doirada Isroilning Anqaradagi elchixonasi muvaqqat ishlar vakili va Tel - Aviv ma’muriyati tomonidan elchi etib tayinlangan Irit Lillian, Erdoʻgʻan tomonidan Prezidentlik kulliyasida qabul qilindi.

Lilian ishonch maktubini Prezidentga topshirganidan so‘ng rasmiy ravishda Türkiyedagi elchilik vazifasini boshladi.

Shri - Lanka, Urugvay va Qirg‘izistonning Anqara elchilari ham yangi vazifalarini boshlashidan avval ishonch maktublarini topshirish uchun Prezident qabulida boʻldilar.

Erdoʻgʻan Shri-Lanka elchisi Sharanya Hasanti Orugodavatte Dissanayake, Qirgʻiziston elchisi Ruslan Kazakbaev va Urugvay elchisi Hugo Kayrusni alohida - alohida qabul qildi.

Elchilar Erdoʻgʻanga ishonch maktublarini topshirdilar.

Qabul ortidan elchilar Prezident Erdoʻgʻan bilan esdalik uchun suratga tushdilar.



Aloqador xabarlar