Erdo'g'an energiya resurslariga qaramlikni butunlay yo‘q qilish niyatida

Erdo‘g‘anning so‘zlariga ko‘ra, bu maqsadga Qora dengizdagi yangi gaz konini o‘zlashtirish, shuningdek, Rossiya davlat korporatsiyasi “Rosatom” tomonidan qurilayotgan ilk Akkuyu atom elektr stansiyasini ishga tushirish orqali erishiladi.

1921988
Erdo'g'an energiya resurslariga qaramlikni butunlay yo‘q qilish niyatida

 

Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an bugun, 21 dekabr kuni Anqara xorijiy energiya resurslariga qaramlikni butunlay yo‘q qilish niyatida ekanini aytdi. 

"O‘rnatilgan energiya quvvatimizni 3 barobardan ko‘proqqa oshirdik, mahalliy va qayta tiklanadigan energiya manbalarining o‘rnatilgan quvvatini 65% ga yetkazdik, 81 viloyatga tabiiy gaz yetkazib berdik. Kelgusi davrda biz tashqi energiya manbalariga qaramlikni to‘liq bartaraf etgunimizcha ishlaymiz”, deydi Erdo'g'an Anqarada parlamentdagi nutqi chog‘ida.

Erdo‘g‘anning so‘zlariga ko‘ra, bu maqsadga Qora dengizdagi yangi gaz konini o‘zlashtirish, shuningdek, Rossiya davlat korporatsiyasi “Rosatom” tomonidan qurilayotgan ilk Akkuyu atom elektr stansiyasini ishga tushirish orqali erishiladi.


Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #Turkiya

Aloqador xabarlar