Turkiya turkman gazini Yevropaga yetkazish bo'yicha hamkorlik qilmoqchi

Bu haqda kecha, 14 dekabr kuni Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li uch davlat Prezidentlarining Turkmanistonda bo‘lib o‘tgan uchrashuvi bo‘yicha ma’lum qildi.

1919077
Turkiya turkman gazini Yevropaga yetkazish bo'yicha hamkorlik qilmoqchi

 

Turkiya, Ozarbayjon va Turkmaniston Turkmaniston tabiiy gazini yetkazib berish sohasida hamkorlik bo‘yicha ishchi guruh tuzadi.

Bu haqda kecha, 14 dekabr kuni Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li uch davlat Prezidentlarining Turkmanistonda bo‘lib o‘tgan uchrashuvi bo‘yicha ma’lum qildi. 

“Biz Turkmaniston tabiiy gazi masalasida uch davlat manfaati uchun qo‘shma qadamlar tashlashga tayyormiz va bu borada ish olib boruvchi ishchi guruh tuzishga qaror qildik”, deydi Turkiya tashqi ishlar vaziri.

Chavusho‘g‘lining so‘zlariga ko‘ra, uch davlatning energetika sohasidagi hamkorligi masalalari sammit kun tartibida eng muhimi bo‘lgan va bu uning yakunida imzolangan memorandumda o‘z aksini topgan. 

Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an sammitda so‘zga chiqib, Turkmanistondan Yevropaga tabiiy gaz yetkazib berish bo‘yicha ishlarni boshlash tarafdori ekanini aytdi.

Uning ta’kidlashicha, Turkiya Kaspiy dengizidagi “Do‘stlug‘” neft-gaz konini o‘zlashtirishda Turkmaniston va Ozarbayjon bilan ham hamkorlik qilishga tayyor. Bundan tashqari, Anqara Turkmaniston va Ozarbayjon bilan Turkiyaga elektr energiyasi importi mavzusini muhokama qilishga tayyor. 

Turkiya rahbari, shuningdek, mintaqaviy xavfsizlikka qo‘shilayotgan hissa sifatida transport yo‘laklarini, jumladan, Lapis-Lazulini rivojlantirish muhimligini ta’kidlagan. 


Tanlangan kalimalar: #Avaza , #Ozarbayjon , #Turkmaniston , #Turkiya

Aloqador xabarlar