Turkiya turkman gazini Kaspiy dengizi orqali olishga umid qilmoqda

Bu haqda kecha, 13 dekabr kuni Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an 14 dekabr kuni Ozarbayjon Prezidenti ishtirokida uch tomonlama sammit bo‘lib o‘tadigan Turkmanistonga safari oldidan ma’lum qildi.

1918663
Turkiya turkman gazini Kaspiy dengizi orqali olishga umid qilmoqda

 

Turkiya Turkmaniston tabiiy gazini Kaspiy dengizi orqali o‘z hududiga yetkazib berishga umid qilmoqda.

Bu haqda kecha, 13 dekabr kuni Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an 14 dekabr kuni Ozarbayjon Prezidenti ishtirokida uch tomonlama sammit bo‘lib o‘tadigan Turkmanistonga safari oldidan ma’lum qildi. 

“Biz sammitda bu masalani muhokama qilamiz. Turkman gazi Kaspiy orqali mamlakatimizga yetkaziladi deb umid qilaman”, deydi u jurnalistlarga. 

Turkmanistonda bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda uch davlat o‘rtasidagi hamkorlikni, birinchi navbatda, savdo, energetika va transport sohalarida yanada chuqurlashtirish bo‘yicha qadamlarni muhokama qilish rejalashtirilgan. Natijada qator shartnomalar imzolanadi. 

“Tashqi ishlar vazirlarimiz tomonidan amalga oshirilgan ishlardan so‘ng, biz, davlat rahbarlari sifatida, yangi formatda ish boshlaymiz. Sammitning asosiy kun tartibi tabiiy gaz, transport va savdo sohalariga oid masalalar bo‘ladi. Bundan tashqari, aloqalarimiz asosini mustahkamlaydigan qator shartnomalar imzolashni rejalashtirganmiz”, deydi Erdo‘g‘an. 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkmaniston , #Erdo'g'an , #Turkiya

Aloqador xabarlar