Erdo‘g‘an Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan muloqot qildi

Tomonlar ikki tomonlama aloqalar, xususan, energetika sohasi, “don yo'lagi”ni amalga oshirish, terrorizmga qarshi kurash va mintaqaviy kun tartibidagi boshqa masalalarni muhokama qilgan.

1917538
Erdo‘g‘an Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan muloqot qildi

 

Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi.

Bu haqda Turkiya Prezidenti ma’muriyatining aloqa bo‘limi xabar bermoqda.

Tomonlar ikki tomonlama aloqalar, xususan, energetika sohasi, “don yo'lagi”ni amalga oshirish, terrorizmga qarshi kurash va mintaqaviy kun tartibidagi boshqa masalalarni muhokama qilgan.

Erdo‘g‘anning aytishicha, shu kungacha “g‘alla yo‘lagi” orqali 13 million tonnadan ortiq qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksport qilingan. 

Turkiya rahbari, shuningdek, “g‘alla yo‘lagi” bo‘ylab boshqa turdagi mahsulotlarni ham oziq-ovqat bilan birga eksport qilish imkoniyatini ham ma’lum qilgan. 

Turkiya Prezidenti Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urush tezroq tugatilishiga umid bildirdi. 

Erdo‘g‘an, PKK/YPG va PYD terror tashkilotlarining Suriya shimolidagi bo‘lginchi faoliyati davom etayotganini eslatdi. Davlat rahbari 2019 yilda Sochida erishilgan kelishuvlarga muvofiq, Turkiya chegaralariga yaqin hududdan 30 kilometrdan ortiq territoriyani terrorchilardan tozalash muhimligini ta’kidladi.


Tanlangan kalimalar: #Rossiya , #Vladimir Putin , #Erdo'g'an

Aloqador xabarlar