Erdo‘g‘an Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan muloqot qildi

Suhbat chog‘ida yetakchilar Rossiya-Ukraina urushi bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilgan.

1917532
Erdo‘g‘an Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan muloqot qildi

 

Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an va Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy telefon orqali muloqot qildi. 

Turkiya Prezidenti aloqa departamenti xabariga ko‘ra, suhbat chog‘ida yetakchilar Rossiya-Ukraina urushi bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilgan. 

Prezident Erdo‘g‘an Ukraina prezidentiga Turkiyaning insonparvarlik yordami orqali qahraton qish oylarida Ukraina xalqining ehtiyojlarini qondirish uchun harakatlarini davom ettirayotganini aytdi. 

Turkiya Prezidenti Anqaradagi 1033 nafar ukrainalik yetim bola birinchi xonim Emina Erdo‘g‘anning shaxsiy nazoratida ekanini ta’kidladi. 

G‘alla koridorining turli oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa tovarlarni o‘z ichiga olishi uchun kengaytirilishi mumkinligini ifoda etgan Prezident Erdo‘g‘an, Zaporoje atom elektr stansiyasi uchun ham tez orada yechim topilishini umid qildi. 

Prezidentlar Erdo‘g‘an va Zelenskiy ham Ukraina Prezidenti tomonidan G-20 sammitida e’lon qilingan tinchlik rejasini amalga oshirish harakatlariga qo‘shilishi mumkin bo‘lgan hissani yuqori baholadilar. 

Eslatma: Kecha, 11 dekabr kuni Prezident Erdo‘g‘an rossiyalik mavqedoshi Vladimir Putinga ham qo‘ng‘iroq qilgandi.


Tanlangan kalimalar: #Vladimir Zelenskiy , #Erdo'g'an , #Turkiya , #Ukraina

Aloqador xabarlar