Sobaji: "Turkiya global inqirozlarning yechimida muhim rol o'ynamoqda"

TRT Bosh direktori Mehmet Zahid Sobaji Istanbulda bo'lib o'tayotgan "TRT World Forum-2022" ochilishida ma'ruza qildi.

1917052
Sobaji: "Turkiya global inqirozlarning yechimida muhim rol o'ynamoqda"

 

TRT Bosh direktori Mehmet Zahid Sobaji global aloqa tizimida haqiqat va yolg'on, haqiqat va illyuziya o'zaro bog'langanligini aytdi.

"TRT World Forum-2022"ning ochilishida so'zga chiqqan Sobaji, mavjud vaziyatni barcha haqiqati bilan yoritib berish va noaniqliklarni porloq kelajak uchun imkoniyatlarga aylantirish salohiyatini baholash muhimligini ta’kidladi.

U shuningdek, dunyoda g'oyalar, qarashlar va turli ovozlarga mezbonlik qilgan Turkiyaning ko'plab global inqirozlarning yechimida muhim rol o'ynaganini, tomonlarni birlashtirganini va muloqot uchun xavfsiz port yaratganini qayd etdi.

Sobaji g'alla inqirozida yo'lak ochgan, mahbuslar almashinuvida kafil bo'lgan, Kovid-19 epidemiyasida 150dan ortiq davlatga yordam bergan va 8 milliard aholining har biri uchun mardonavor kurashgan Turkiyaning yana ham adolatli dunyo qurish mumkinligini so'zda va amalda isbotlaganligini aytdi.

Global muammolarni hal qilishda ommaviy axborot vositalarining o'rni katta ekanligini ta'kidlagan Sobaji:

"Bugun biz global aloqa tizimida haqiqat va yolg‘on, haqiqat va illyuziya o‘zaro chambarchas bog‘langanini ko‘rib turibmiz. Ba'zan ataylab, ba'zan esa ongsiz ravishda saqlanib qoladigan bu chalkashlikka qarshi turishning yagona yo‘li bor. Butun dunyoga filtrlar bilan emas, adolatli qarashning yagona yo‘li bor. Boshqacha aytganda, kuchli va kuchsizni ajratmasdan, adolat tamoyili asosida jurnalistika faoliyati bilan shug‘ullana olish muhimdir",-dedi.

TRT Bosh direktori, media sohasida adolatli dunyo uchun kurashishga qo'ldan kelgancha hissa qo'shishga harakat qilayotganligini bildirdi.


Tanlangan kalimalar: #TRT , #TRT World Forum , #Mehmet Zahid Sobaji

Aloqador xabarlar