Bolgariya prezidenti Rumen Radev Turkiyaga tashrif buyurmoqda

Istanbuldagi Vahdettin saroyida bo'lib o'tadigan uchrashuvlarda Turkiya va Bolgariya o'rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari ko'zdan kechiriladi.

1916654
Bolgariya prezidenti Rumen Radev Turkiyaga tashrif buyurmoqda

 

Bolgariya Prezidenti Rumen Radev Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'anning taklifiga binoan bugun, 9 dekabr kuni Turkiyaga tashrif buyuradi.

Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko'ra, Turkiya va Bolgariya prezidentlari uchrashuvi ertaga Istanbulda bo'lib o'tadi.

Vahdettin saroyida bo'lib o'tadigan uchrashuvlarda Turkiya va Bolgariya o'rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari ko'zdan kechiriladi. O'zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish uchun tashlanadigan qadamlar muhokama qilinadi.

Uchrashuvlar chogʻida bugungi mintaqaviy va global voqealar yuzasidan fikr almashish ham koʻzda tutilgan.

Ma'lumotga ko'ra, prezidentlar uchrashuv yakunlari bo'yicha qo'shma matbuot anjumani o'tkazadi. 

Anjumandan so'ng, Erdo'g'an tomonidan Oliy martabali mehmon sharafiga ziyofat beriladi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Rumen Radev , #Bolgariya

Aloqador xabarlar