Chavushog'lu Shvetsiya va Finlyandiyaning NATOga a'zolik jarayoniga munosabat bildirdi

"Ular memorandumdagi ba'zi majburiyatlarni bajargan, ba'zilarini esa bajarmagan. Boshqacha aytganda, ular hozircha aniq qadamlar qo'ygani yo'q. Ekstraditsiya va huquqiy tartibga solish bo'yicha talablarni aniq bajarmagan",-deydi Mavlud Chavushog'lu.

1912316
Chavushog'lu Shvetsiya va Finlyandiyaning NATOga a'zolik jarayoniga munosabat bildirdi

 

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog'lu Shvetsiya va Finlyandiyaning NATOga a'zo bo'lishi uchun Turkiya bilan tuzilgan uch tomonlama kelishuv doirasida tashlangan qadamlar haqida gapirdi.

“Bu jarayon ijobiy ketmoqda, lekin hali qilinishi kerak bo'lgan juda ko'p ish bor”,- dedi u.

Mavlud Chavusho’g’li, poytaxt Anqarada Turkmaniston Vazirlar Kengashi raisi o’rinbosari va Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov bilan o’tkazgan qo'shma matbuot anjumanidan so’ng jurnalistlarning savollariga javob berdi.

U shuningdek, Shvetsiya va Finlyandiyaning NATOga a'zo bo'lishi uchun iyun oyida Ispaniyada erishilgan uch tomonlama kelishuvga izoh berar ekan, Ruminiya poytaxti Buxarestda bo'ladigan NATO tashqi ishlar vazirlari yig'ilishiga ishora qildi.

"Ko'plab ikki tomonlama uchrashuvlar bo'ladi. Masalan, Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Baerbok va Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Jeyms Cleverly bilan uchrashamiz. Shuningdek, Buxarestda Shvetsiya va Finlyandiya tashqi ishlar vazirlari bilan uch tomonlama formatda muzokara o'tkazamiz" ,- dedi Chavusho'g'li.

"Ular memorandumdagi ba'zi majburiyatlarni bajargan, ba'zilarini esa bajarmagan. Boshqacha aytganda, ular hozircha aniq qadamlar qo'ygani yo'q. Ekstraditsiya va huquqiy tartibga solish bo'yicha talablarni aniq bajarmagan. Parlamentimiz va fuqarolarimiz bunga ishonch hosil qilishlari kerak. Prezidentimiz Rajap Tayyip Erdo'g'an bu masalalarni Shvetsiya Bosh vaziri Ulf Kristerssonga yetkazdi. Xulosa qilib aytganda, jarayon ijobiy ketmoqda, lekin hali qilinishi kerak bo‘lgan qadamlar bor",- dedi u.

Chavusho'g'li, ikki davlatning belgilangan shartlarni bajarishi haqida, "Finlyandiya bilan bog'liq muammolar unchalik katta emas. Shvetsiyada ko'proq muammolar bor. Asosan Shvetsiya yana ham ko'proq qadam tashlashi kerak bo'lgan davlat",- dedi Turkiya Tashqi ishlar vaziri.



Aloqador xabarlar