Mavlud Chavusho’g’li Ozarbayjon TIV rahbari Jayxun Bayramov bilan muloqot qildi

Muloqot chog’ida Turkiya-Ozarbayjon-Turkmaniston uch tomonlama sammitiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.

1912212
Mavlud Chavusho’g’li Ozarbayjon TIV rahbari Jayxun Bayramov bilan muloqot qildi

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jayxun Bayramov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Diplomatik manbalardan olingan ma’lumotga ko’ra, yetakchilar ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalarini batafsil muhokama qildilar. 

Muloqot chog’ida Turkiya-Ozarbayjon-Turkmaniston uch tomonlama sammitiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.

Ta'kidlanishicha, Turkiya-Ozarbayjon-Turkmaniston uch tomonlama sammiti kelasi oy Turkmanistonning Avaza shahrida bo'lib o'tadi.

Bundan tashqari, xalqaro siyosiy masalalar yuzasidan ham fikr almashildi. Shuningdek, Tog’li Qorabog’da olib borilayotgan faoliyatlar ko’zdan kechirildi.

Turkiya va Ozarbayjon TIV rahbarlarining muloqoti har doimgidek o‘zaro ishonch ruhida, ochiq va do‘stona o‘tdi.



Aloqador xabarlar