Erdo'g‘an Turkiya va Suriya munosabati yaxshilanishiga ishora qildi

“Anadolu” xabar agentligi ma'lum qilishicha, 19 noyabr kuni As-Sisiy va Erdo'g‘an Qatarda, futbol bo‘yicha jahon chempionati ochilishi marosimida ilk bor uchrashgan edi.

1912390
Erdo'g‘an Turkiya va Suriya munosabati yaxshilanishiga ishora qildi

 

Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g‘an Anqara va Damashq o‘rtasidagi munosabat xuddi Qohira bilan muloqot kabi yaxshilanishi mumkinligini inkor etmadi.

“Misr Prezidenti Abdul Fattoh As-Sisiy uchrashuvdan xursand, biz ham mamnunmiz. Umid qilamanki, Turkiya va Misr o‘rtasidagi munosabatni yanada yaxshilash jarayoni vazirlar ishtirokida davom etadi. Keyin, Misr kabi, Suriya bilan ham muammoli masalalarni hal qilish mumkin. Siyosatda xafagarchilik ketmaydi”,-deb aytgan Turkiya prezidenti.

Bu haqda “Anadolu” xabar agentligi xabar berdi.

Xabarga ko'ra, 19 noyabr kuni As-Sisiy va Erdo'g‘an Qatarda, futbol bo‘yicha jahon chempionati ochilishi marosimida ilk bor uchrashgan edi.


Tanlangan kalimalar: #Suriya , #Erdo'g'an , #Turkiya

Aloqador xabarlar