Metin Feyziog'lu SHKTR Prezidenti Ersin Tatarga ishonch yorlig'ini topshirdi

Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Prezidenti Ersin Tatar Turkiyaning mamlakatdagi Favqulodda va muhtor elchisi Metin Feyziog'luni qabul qildi.

1911922
Metin Feyziog'lu SHKTR Prezidenti Ersin Tatarga ishonch yorlig'ini topshirdi

 

Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Prezidenti Ersin Tatar Turkiyaning mamlakatdagi Favqulodda va muhtor elchisi Metin Feyziog'luni qabul qildi.

Feyziog'lu qabul chog’ida Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Prezidenti Ersin Tatarga ishonch yorlig'ini topshirdi.

U shubhasiz, mustaqil va suveren davlat bo'lgan Shimoliy Kipr Turk Respublikasining xalqaro huquqqa ko'ra uchinchi davlatlar tomonidan tan olinishi kerakligini bildirdi.

Feyziog'lu suhbat davomida Turkiya va Shimoliy Kipr Turk Respublikasi o'rtasidagi munosabatlarni har sohada davom ettirish uchun bor kuchi bilan harakat qilishini ta'kidladi.

U shuningdek, Kiprlik turklarga nisbatan qo'yilgan shafqatsiz izolyatsiyaga barham berish kerakligiga e'tibor qaratdi.

“Davlat qonunchiligiga ko’ra, shubhasiz, mustaqil va suveren davlat bo’lgan Shimoliy Kipr Turk Respublikasi endi uchinchi davlatlar tomonidan tan olinishi kerak”, dedi u.

Feyziog'lu, Kiprda yagona real va barqaror yechim sifatida ikki suveren davlatning mavjudligini qabul qilish ekanligini va bu qonuniy vaziyat va faktlarga ko'ra yagona chiqish yo'li ekanligini ta’kidladi.

Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Prezidenti Ersin Tatar ham ishonch yorlig'ini qabul qilib olar ekan, elchi Feyziog'luga ushbu mas’uliyatli vazifasida muvaffaqiyatlar tiladi.

“Sizni Shimoliy Kipr Turk Respublikasida ko‘rganimdan va siz bilan hamkorlik qilayotganimdan baxtiyorman” dedi Ersin Tatar.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Ersin Tatar , #Metin Feyziog'lu

Aloqador xabarlar