Hulusi Akar, Panjali qilich operatsiyasining boshidan buyon 184 nafar terrorist yo’q qilindi dedi

Milliy Mudofaa Vaziri Hulusi Akar, Iroq va Suriya shimolidagi terror nishonlariga qarshi uyushtirilgan “Panjali qilich” operatsiyasining boshidan buyon 184 nafar terrorist yo’q qilindi dedi.

1909369
Hulusi  Akar, Panjali qilich operatsiyasining boshidan buyon 184 nafar terrorist yo’q qilindi dedi

 

Milliy Mudofaa Vaziri Hulusi Akar, Iroq va Suriya shimolidagi terror nishonlariga qarshi uyushtirilgan “Panja qilich” operatsiyasining boshidan buyon 184 nafar terrorist yo’q qilindi dedi.

Hulusi Akar, Quruqlik kuchlari qo'mondonligidagi Turk Qurolli kuchlari qo'mondonligi bilan birga  Harakat markazini ziyorat qildi.

Akar, Iroqning shimolidagi Qandil, Aso’s, Hakurk mintaqalari va Suriya shimolidagi Arab bulog'i, Manbich, Zor g'ori mintaqasi, Tel-Rifat, Jizire va Derik mintaqalaridagi nishonlar "Panjali qilich operatsiyasi bilan" zarba berilganini bildirdi. Operatsiyaning birinchi bosqichida terroristlarning

boshpanalari, g'orlari urilganini, tunnel va omborlar bilan bir qatorda 89 nishonning yo'q qilinganini bildirdi.

Milliy mudofaa vaziri, bo'lginchi terror tashkilotining katta tanazzulga yuz tutganini ifoda etdi:

"Biz hisob-kitob vaqti keldi deymiz. Oldin qilgan ishlari bilan birga o'tgan hafta Beyog'luda (6 kishi halok bo'lgan) va kecha O'njupinar va Karkamish chegara chizig'ida (2 kishi halok bo'lgan) qilgan barcha nopok harakatlari uchun javobgarlikka tortamiz. Panja qilich" operatsiyasining  boshidan buyon 184 nafar terrorist yerdan bergan yordam va samolyotlarning hujum  bilan  yo’q qilindi. Bu raqamning  yanada ortishiga ishonamiz. So'nggi terrorist yo’q bo’lganicha kurashimiz davom etadi. Turk Qurolli Kuchlari, faoliyatlarini rejalashtirish va amalga oshirishda tinch aholiga, atrof-muhitga, tarixiy, madaniy va diniy tuzilmalarga zarar yetkazmaslik uchun hech bir qo'shin ko'rsatmagan sezgirlikni ko'rsatmoqda. Bu barcha nozikliklarga muvofiq nima qilish kerak bo'lsa, qiling." Deya bildirdi.

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar