Erdo‘g‘an Istanbuldagi hujum tufayli Türkiye dardiga sherik bo‘lganlarga minnatdorchilik bildirdi

Prezident Erdo‘g‘an, Istanbulda sodir bo‘lgan terror hujumiga munosabat bildirgan va ta’ziya izhor etgan davlatlar bilan xalqaro tashkilotlarga minnatdorchilik bildirdi.

1906647
Erdo‘g‘an Istanbuldagi hujum tufayli Türkiye dardiga sherik bo‘lganlarga minnatdorchilik bildirdi

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an, Istanbulning Istiqlol ko‘chasida sodir bo‘lgan terror hujumiga munosabat bildirgan va ta’ziya izhor etgan davlatlar bilan xalqaro tashkilotlarga minnatdorchilik bildirdi.

Bu haqda Prezident Erdo‘g‘an o‘zining Twitter tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.

Erdo‘g‘an unda quyidagi ifodalarga o‘rin berdi:

“Istiqlol koʻchasida sodir boʻlgan teraktga munosabat bildirgan, dardimizga sherik boʻlgan, hamdardlik bildirgan barcha davlatlar bilan xalqaro tashkilotlarga oʻz minnatdorchiligimni bildiraman”.

Eslatib o‘tamiz, Istanbulda yakshanba kuni sodir bo‘lgan bombali hujumda 6 kishi halok bo‘ldi. Halok bo‘lganlardan tashqari 81 kishi tan jarohati oldi.



Aloqador xabarlar