Stoltenberg Chanoqqal’adagi Shahidlar yodgorligini ziyorat qildi

Hulusi Akar va NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg Shahidlar hiyobonidagi Noma'lum askar yodgorligiga gulchambar qo'ydi va hurmat ma'nosida sukut saqladi.

1902328
Stoltenberg Chanoqqal’adagi Shahidlar yodgorligini ziyorat qildi

 

Turkiya milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar rasmiy tashrif bilan mamlakatga kelgan NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg bilan Chanoqqal’adagi Shahidlar yodgorligini ziyorat qildi.

Yetakchilar Chanoqqal’adagi tarixiy Gelibolu yarim orolini ko’zdan kechirdi.

Hulusi Akar va Stoltenberg Shahidlar hiyobonidagi Noma'lum askar yodgorligiga gulchambar qo'ydi va hurmat ma'nosida sukut saqladi.

U yerda Stoltenbergga Dardanel urushlari (1915-1916) haqida ma'lumot berildi.

U yerdan Seddulbahirga o'tgan Hulusi Akar va Stoltenberg, avval Fransuz yodgorligini, keyin esa Britaniya Hamdo'stligi yodgorligini (Helles burni) ziyorat qildilar. Ular halok bo'lgan askarlar ruhiga hurmat bajo keltirdilar.

Yetakchilar Anzaklar, Otaturk Gʻalaba yodgorligi va Yangi Zelandiya askarlari yodgorligini ham ziyorat qildilar.

 


Tanlangan kalimalar: #NATO , #Hulusi Akar , #Yens Stoltenberg , #Turkiya

Aloqador xabarlar