Mavlud Chavusho’g’li bugun Birlashgan Arab Amirliklariga safar qiladi

Mavlud Chavusho‘g‘lining mamlakatga tashrifi 4-6-noyabr kunlarini o'z ichiga oladi. Tashrif BAA Tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vaziri Shayx Abdulla Bin Zayed Al Nahayonning taklifiga binoan amalga oshirilmoqda.

1901967
Mavlud Chavusho’g’li bugun Birlashgan Arab Amirliklariga safar qiladi

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li bugun, 4 noyabr kuni rasmiy tashrif bilan Birlashgan Arab Amirliklariga safar qiladi.

Mavlud Chavusho‘g‘lining mamlakatga tashrifi 4-6-noyabr kunlarini o'z ichiga oladi. Tashrif BAA Tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vaziri Shayx Abdulla Bin Zayed Al Nahayonning taklifiga binoan amalga oshirilmoqda.

Mavlud Chavusho‘g‘li tashrif doirasida Sir Bani Yas forumida ishtirok etadi.

Vazir Chavusho’g’lining tashrifi doirasida bo'lib o'tadigan uchrashuvlarda Turkiya-BAA munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari hamda ahamiyatga molik mintaqaviy masalalar muhokama qilinishi ko’zda tutilmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Mavlud Chavusho’g’li , #BAA , #Turkiya

Aloqador xabarlar