Ibrohim Kalin "don kelishuvi" haqida bayonot berdi

Kalin, CNN International telekanalida ishtirok etgan dasturda 22-iyul kuni Rossiya va Ukraina o'rtasida Istanbulda imzolangan Don koridori shartnomasi haqida bayonot berdi.

1901633
Ibrohim Kalin "don kelishuvi" haqida bayonot berdi

 

Kalin, CNN International telekanalida ishtirok etgan dasturda 22-iyul kuni Rossiya va Ukraina o'rtasida Istanbulda imzolangan Don koridori shartnomasi haqida bayonot berdi.

Prezidentlik matbuot kotibi Ibrahim Kalin, Prezident Rajap Tayyip Erdog'an va Rossiya Prezidenti Vladimir Putin o'rtasidagi uchrashuvdan so'ng don koridorida hamma narsa normal holatga qaytganini bildirdi.

29-oktabr kuni Ukrainaning Qrim yarim orolining Sevastopol viloyatida Rossiya tomonidan anneksiya qilingan kemalardan biriga uyushtirilgan hujum ortidan g'alla kelishuvini to'xtatganini ifoda etgan Kalin, g'alla masalasining urushdan alohida bir holat ekanligini ta'kidladi.

“Oxirgi 3-4 kun ichida biz juda koʻp diplomatik harakatlar qildik”. Ibrohim Kalin,

Prezident Erdog’an va Putin o’rtasidagi telefon muloqotidan so’ng Rossiya kelishuvga qaytdi va hozir hammasi  o’z yo’lida ”, - deydi u.

Prezident Erdog'anning Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan ham uchrashganini bildirgan Kalin, Zelenskiy ham kelishuvga sodiqligini tasdiqlaganini aytdi.

G'alla shartnomasini saqlab qolish va Rossiyaning  g'alla va o'g'iti uchun ba'zi kafolatlar berish zarurligini ifoda etgan Kalin, bu Rossiyaning urush rejasini ma'qullash degani emasligini ta'kidladi.

Kalin, muzokara stoliga qaytish zarurligining har ikki tomonga bildirilishini ifoda etib, bu davrda ko'plab qurbonlar va quruqlik talofatlarini qayd etish mumkinligini bildirdi.

Matbuot kotibi Kalin, Putin bilan bo'lgan uchrashuvlarda Rossiyaning yadroviy energiyadan foydalanish niyati yo'qligini va Ukrainaning iflos bomba va kimyoviy qurol ishlatishga tayyorlanayotgani haqidagi da'volarni  ham Zelenskiy rad etganini qayd etdi.

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar