Chavusho'g'li va Lavrov "don yo'lagi" masalasini muhokama qildi

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan telefon orqali muloqot qildi.

1900807
Chavusho'g'li va Lavrov "don yo'lagi" masalasini muhokama qildi

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Vazirlik tomonidan berilgan ma'lumotga ko'ra, Chavusho'g'li bilan Lavrov suhbat chog'ida don yo'lagi masalasini muhokama qilgan.

Eslatish joizki, joriy yilning 22 iyul kuni Turkiyaning Istanbul shahridagi Dolmabahche saroyida Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish, Turkiya Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar, Rossiya Milliy Mudofaa vaziri Sergey Shoygu va Ukraina Infratuzilma vaziri Aleksandr Kubrakov ishtirokida “Don yo‘lagi” hujjati imzolangandi.

Ukrainadan g‘alla eksporti bo‘yicha kelishuv Odessa, shuningdek, Chernomorsk va Yujniydan xavfsiz yo‘laklarni yaratishni nazarda tutadi. Ushbu kelishuv jahon bozorlariga kamida 25 million tonna don yetkazib berish imkonini beradi.

Qora dengizdan don mahsulotlarini xavfsiz jo‘natish uchun tashkil etilgan Qo‘shma muvofiqlashtirish markazi 27 iyul kuni Istanbuldagi Milliy Mudofaa Universiteti kampusida ishga tushdi.

Qo‘shma muvofiqlashtirish markazi don eksporti bilan shug‘ullanuvchi savdo kemalarini ro‘yxatga oladi va don bitimida ishtirok etuvchi davlatlar va BMT bilan hamkorlikda ularning texnik kuzatuvini amalga oshiradi. Kemalarni tekshirish Ukraina portlarida va Turkiya portlarida yuklash vaqtida amalga oshiriladi. 

Rossiya 29-oktyabr kuni Ukrainadan don mahsulotlari eksporti bo‘yicha kelishuvni noma’lum muddatga to‘xtatganini ma’lum qildi.


Tanlangan kalimalar: #Sergey Lavrov , #Mavlud Chavusho'g'li

Aloqador xabarlar