Turkiya "g‘alla bitimi" doirasidagi sa’y-harakatlarni davom ettiradi

Erdo'g'an Turkiya va BMT vositachiligida erishilgan kelishuv Ukrainadan 9,3 million tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini ta’minlash orqali global oziq-ovqat inqirozini yumshatish imkonini berganini qayd etdi.

1900450
Turkiya "g‘alla bitimi" doirasidagi sa’y-harakatlarni davom ettiradi

 

Turkiya Rossiyaning kelishuvdagi ishtiroki to‘xtatilganiga qaramay, Qora dengiz g‘alla tashabbusini amalga oshirish uchun sa’y-harakatlarini davom ettiradi.

Bu haqda mamlakat prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an ma'lum qildi.

"Agar Rossiya bir xil imtiyozlarni olmagani uchun o‘zini qat’iyatsiz tutsa ham, biz insoniyat manfaatini ko‘zlagan holda qat’iy sa’y-harakatlarimizni davom ettiramiz", — deydi Erdo‘g‘an.

Erdo'g'an Turkiya va BMT vositachiligida erishilgan kelishuv Ukrainadan 9,3 million tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini ta’minlash orqali global oziq-ovqat inqirozini yumshatish imkonini berganini qayd etdi.

Bundan oldin Ukraina infratuzilma vaziri Aleksandr Kubrakov mamlakat portlaridan oziq-ovqat mahsuloti solingan 12 ta kema chiqib ketgani haqida yozgandi.

BMT va Turkiya delegatsiyalari "g‘alla tashabbusi" doirasida 40 ta kemani tekshirish uchun 10 ta inspektorlar guruhini taqdim etmoqda, deb xabar berdi u. 

Kubrakovning ta’kidlashicha, yuk tashuvchilarni tekshirish rejasi Ukraina tomonidan qabul qilingan va bu haqda Rossiya delegatsiyasi xabardor qilingan.


Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #Rossiya , #Turkiya

Aloqador xabarlar