Akar, Qora dengizdagi don koridorining davom etishini ta'minlash uchun harakat qilamiz dedi

Milliy Mudofaa Vaziri Hulusi Akar, Qora dengizdagi don koridorining davom etishini ta'minlash uchun harakat qilamiz dedi.

1900035
Akar, Qora dengizdagi don koridorining davom etishini ta'minlash uchun harakat qilamiz dedi

 

Milliy Mudofaa Vaziri Hulusi Akar, Qora dengizdagi don koridorining davom etishini ta'minlash uchun harakat qilamiz dedi.

Akar raisligida Bosh shtab rahbari general Yashar Guler va kuchlar qo‘mondonlari ishtirokida videokonferensiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Hulusi Akar, Rossiyaning 29-oktabr kuni Sevastopoldagi hujumlar tufayli g'alla korxonasini vaqtinchalik to'xtatganligi haqidagi bayonotidan keyin sodir bo'lgan o'zgarishlarga to'xtaldi.

"Bunday vaziyatda kemalarning jo‘nashi kechikib, portlarda tirbandlik kuchayadi. Muhtojlar allaqachon g‘allani shoshilinch kutishmoqda . Bunday holda muammo kuchayadi". Dedi u .

Bu muammoni hal qilishning ahamiyatini ifoda etgan Akar, Prezident Rajap Tayyip Erdog'anning bu mavzudagi muzokaralariga urg'u berdi.

"Ukraina rasmiylari bilan ham uchrashamiz, kechqurun Rossiya mudofaa vaziri janob (Sergey) Shoygu bilan ham uchrashamiz. Har doimgidek tinchlik, yarashuv va biznesning normal yoʻnalishi boʻyicha ishlashda davom etamiz" deya qayd etdi.

Yaratilgan don koridori doirasida Ukraina portlaridan 409 ta kemada taxminan 9,3 million tonna don tashilganini qayd etgan Akar:

"Buning  davom etishi kerak. Bu tashabbusni toʻxtatib qoʻyish Rossiyaga ham, Ukrainaga ham, boshqalarga ham foyda keltirmaydi. Biz Ukraina Mudofaa vaziri va Rossiya Mudofaa vaziri bilan muzokaralar olib bormoqdamiz. Ular bilan uchrashib, bu tashabbus davom etishini taʼminlashga harakat qilamiz.Tomonlarga o'z qarorlarini qayta ko'rib chiqishlarini eslatamiz. Biz Turkiya sifatida ham o't ochishni to'xtatish, hamda  g'alla tashabbusi bo'yicha qo'limizdan kelganini qildik va  sa’y- harakat qilishga ham harakat qilmoqdamiz. Har kimning  bilishi kerak  biz bunga  tayyormiz. Biz mojaroni imkoni bo’lgani  qadar tezroq tugatish uchun nima qilishimiz kerak bo'lsa amalga oshiramiz " dedi.



Aloqador xabarlar