Türkiye Jazoir bilan tabiiy gaz sohasidagi hamkorlikni oshirmoqchi
Prezident Erdo‘g‘an, Jazoir Prezidenti Abdulmajid Tabbun bilan telefon orqali muloqot qildi.
Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an, Jazoir Prezidenti Abdulmajid Tabbun bilan telefon orqali muloqot qildi.
Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi tomonidan berilgan bayonotga ko‘ra, unda, Türkiye – Jazoyir munosabatlari va mintaqaviy masalalar qo‘lga olindi.
Erdo‘g‘an uchrashuvda, qardosh ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarning umumiy sa’y-harakatlar natijasida erishgan muvaffaqiyatidan mamnunligini ifoda etdi.
FETOga qarshi kurash borasida tashlagan samimiy qadamlari uchun Tabbunga minnatdorchilik bildirgan Prezident Erdo‘g‘an, barcha sohalarda bo‘lganidek energiya sohasida, ayniqsa tabiiy gaz sohasida hamkorlikni oshirishni so‘radi.
Aloqador xabarlar
Kurtulmush cherkes surguni qurbonlarini yodga oldi
TBMM raisi Numan Kurtulmush cherkes surguni qurbonlarini yodga oldi.