Prezident Erdo‘g‘anning Ozarbayjonga bo‘lgan tashrifi davom etmoqda

Prezident Erdo‘g‘an, Ilhom Aliyevning taklifiga binoan bir kunlik ish safari bilan hozirda Ozarbayjonda.

1895644
Prezident Erdo‘g‘anning Ozarbayjonga bo‘lgan tashrifi davom etmoqda
erdoğan aliyev.jpg
erdoğan aliyev 1.jpg

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan bugun bir kunlik ish safari bilan Ozarbayjonga borar ekan hozirda, Zengilan aeroportiga yetib bordi.

Erdo‘g‘anni Ozarbayjonga olib borgan samalyot mamlakatning ishg‘oldan qutqarilgan tuproqlarida, Turk firmalari ko‘magida insho etilgan ikkinchi xalqaro aeroportga borib qondi.

Bu yerda Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev tomonidan kutib olingan Erdo‘g‘an, qurilishi tamomlangan aeroportga qo‘ngan birinchi davlat rahbari bo‘ldi.

Yangi aeroportning ochilish lentasini kesgan Erdo‘g‘an bilan Aliyevga, aeroportning ramziy kalitlari topshirildi.

Erdoʻgʻan va Aliyev aeroportdagi dastur ortidan “Doʻst Agropark Zengilan” aqlli qishloq xoʻjalik qishlogʻi loyihasining birinchi bosqichini ochib berdi.

Keyinchalik Jabroyil shahriga oʻtib, “Qumloq” poyezd stansiyasining tamal toshini qoʻyish dasturida ishtirok etgan ikkala lider, “Ozarbayjon-Türkiye Xalqaro oʻrmon oʻquv markazi va aqlli koʻchatlar va dovstlik oʻrmonlari” majmuasining poydevor qoʻyish marosimlarida qatnashdilar.

 



Aloqador xabarlar