Prezident Erdo‘g‘an bugun Ozarbayjonda bo‘ladi

Prezident Erdo‘g‘an, Ilhom Aliyevning taklifiga binoan bir kunlik ish safari bilan Ozarbayjonga boradi.

1895196
Prezident Erdo‘g‘an bugun Ozarbayjonda bo‘ladi

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan bugun bir kunlik ish safari bilan Ozarbayjonga boradi.

Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi tomonidan berilgan bayonotga ko‘ra Erdo‘g‘an, Aliyev bilan Ozarbayjonning ishg‘oldan qutqarilgan tuproqlarda, Turk firmalarining ham yordami bilan insho etilgan ikkinchi xalqaro “Zengilan” aeroprotining ochilish marosimida ishtirok etadi. Shuningdek, mintaqaning taraqqiyoti uchun yangi loyihalarni boshlatadi.  

Tashrif chog‘ida bo‘lib o‘tadigan ikki tomonlama uchrashuvlarda Türkiye va Ozarbayjon munosabatlari har jihatdan ko‘rib chiqilib, hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun tashlanadigan qadamlarning muhokama qilinishi kutilmoqda

Shuningdek, o‘zaro munosabatlardan tashqari kun tartibidagi mintaqaviy va global muammolar ustidan fikr almashilishi ko‘zda tutilgan.

 



Aloqador xabarlar