Ukraina don yo‘lagi va mahbuslar almashinuvi uchun Türkiyega minnatdorchlik bildirdi

Akar Turkiyaga tashrif buyurgan Kubrakov bilan dastlab “Kalender” qasrida uchrashdi.

1893552
Ukraina don yo‘lagi va mahbuslar almashinuvi uchun Türkiyega minnatdorchlik bildirdi

Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar va Ukraina infratuzilma vaziri Oleksandr Kubrakov Istanbulda faoliyatini davom ettirayotgan Mushtarak koordinatsiya markazida bo‘ldi.

Akar Turkiyaga tashrif buyurgan Kubrakov bilan dastlab “Kalender” qasrida uchrashdi.

Don yo‘lagi ustidan erishilgan kelishuvning poydevori qo‘yilgan “Kalender” qasridagi uchrashuvdan so‘ng, Akar bilan Kubrakov, Mushtarak koordinatsiya markaziga borib, faoliyatlar haqida ma’lumot oldi.

Ortidan berilgan bayonotida Hulusi Akar, don yo‘lagi kelishuvi imzolanganidan beri deyarli uch oy o‘tganini qayd etdi va bu haqida:

“Ushbu uch oylik muddatda Ukraina portlaridan jami 345 ta kema 7 million 700 ming tonna don yetkazib berildi. Bu qoniqarli natija”. – dedi.

Ushbu muvaffaqiyatli natijaga hissa qo‘shganlarga minnatdorchilik bildirgan Mudofaa vaziri Akar, Türkiyening har doim qo‘shnilari chegarasi va hududiy yaxlitligini hurmat qilishi hamda tinchlik va barqarorlik tarafdori ekanini ta’kidladi.

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘anning zudlik bilan otashkesim e’lon qilinishi, muammoni diplomatik yo‘l va usullar bilan hal qilish borasidagi sa’y-harakatlariga e’tibor qaratgan Akar, Türkiye qulaylashtiruvchi pozitsiyasini saqlab, faoliyatlarini imkon qadar muvozanatli davom ettirganini ifoda etdi.

Ukraina infratuzilma vaziri Kubrakov don yo‘lagi tashkil etilishi uchun qo‘shgan hissalari uchun ham Prezident Erdo‘g‘an va Milliy Mudofaa vaziri Akarga minnatdorchilik bildirdi.

Tashabbusning muvaffaqiyati uchun qo‘llaridan kelganini qilishlarini qayd etgan Kubrakov, “Ayniqsa mahbuslar almashinuvi uchun Prezident Erdo‘g‘anga alohida minnatdorchilik bldiramiz. Qo‘shgan hissalaringiz judayam muhim edi va bular ham sizning mexnatingiz ortidan amalga oshdi”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.  

 



Aloqador xabarlar