Erdo‘g‘an Putinning Türkiyeda tabiiy gaz markazi tashkil etish haqidagi so‘zlarini baholadi

Prezident Erdo‘g‘an Qozog‘istonga bo‘lgan tashrifidan qaytar chog‘ida samolyotda, jurnalistlarning savollariga javob berdi.

1892925
Erdo‘g‘an Putinning Türkiyeda tabiiy gaz markazi tashkil etish haqidagi so‘zlarini baholadi

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putinning Türkiyeda tabiiy gaz markazi tashkil etish taklifi haqida gapirdi.

Prezident Erdo‘g‘an mavzu haqida:

“Energetika va tabiiy resurslar vazirligimiz bilan Rossiya tomonidagi tegishli muassasaga, Janob Putin bilan hamkorlikda ish olib borishlari uchun topshiriq berdik”, - dedi.

Prezident Erdo‘g‘an Qozog‘istonga bo‘lgan tashrifidan qaytar chog‘ida samolyotda, jurnalistlarning savollariga javob berdi.

Erdo‘g‘an, Putinning “Yevropa uchun Türkiyeda katta gaz markazi tashkil etilishi mumkin. Türkiye, gaz yetkazib berish bo‘yicha Yevropa ittifoqi uchun muhim yo‘ldir”, - degan so‘zlarini baholar ekan shunday dedi:

“Bunday markaz uchun, Frakiya eng muhim manzil sifatida qaralmoqda. Biz eng avvalo Energetika va tabiiy resurslar vazirligimiz bilan Rossiya tomonidagi tegishli muassasaga, Janob Putin bilan hamkorlikda ish olib borishlari uchun topshiriq berdik. Bu ishlarni ular ana shu yerda yuritadilar. Eng munosib joy qayer bo‘lsa, markazni ham Xudo xohlasa ana shu yerda quramiz. Bizning mahalliy ma’noda taksimlovchi markazimiz bor ammo bu xalqaro taksimlovchi markazimiz bo‘ladi. Bu borada Energetika va tabiiy resurslar vazirligimiz bilan Rossiya tomonidagi tegishli muassasa kerakli faoliyatni yuritib, ortidan bizga ma’lumot beradi. Shunga qarab qadam tashlaymiz. Bu masala keyingiga qoldirilmaydi. Qaror bugundan kech qolmay jadal ravishda Energetika va tabiiy resurslar vazirimizga yetkazildi. Rossiyadan (Gazprom raisi) Miller ham yig‘ilishda edi. U ham buyruqni oldi. Ular endi bir – biri bilan uchrashish orqali faoliyatlarini boshlatadi. Xavfsizlik nuqtai nazaridan biz har qanday qadamni tashlar ekanmiz, albatta, uni himoya qilishni ham davom etamiz.  Faoliyatlarimiz shu asosda yo‘l oladi”.



Aloqador xabarlar