Yevropa Kengashi Turkiyani haqli deb topdi

Hisobot yuzasidan Bosh Assambleyaga taqdim etilgan qaror loyihasi ko'pchilik ovoz bilan qabul qilindi.

1892530
Yevropa Kengashi Turkiyani haqli deb topdi

 

Yevropa Kengashi Parlament Assambleyasi Turkiya tomonidan tayyorlangan, Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlarning Shengen vizasiga murojaatlarini yanada shaffof, adolatli va qamrab oluvchi tarzda baholab, asossiz sabablarga ko’ra viza arizalarining rad etilishini nazarda tutuvchi rezolyutsiya loyihasini qabul qildi.

Yevropa Kengashi Parlament Assambleyasida (PACE) Turkiyani vakillik qilgan Adolat va Taraqqiyot partiyasi (AK Partiya) Ko’nya deputati Ziya Altunyaldiz tomonidan tayyorlangan hisobotda, Shengen vizasi murojaatlarida duch kelgan qiyinchiliklarga to’xtaldi.

Hisobot yuzasidan Bosh Assambleyaga taqdim etilgan qaror loyihasi ko'pchilik ovoz bilan qabul qilindi.

Ovoz berishdan keyin Bosh Assambleyada qilgan nutqida Altunyaldiz Turkiyaning Shengen vizasini rad etish darajasi oxirgi 8 yil ichida 4 barobar ortganiga e'tibor qaratdi.

"So'nggi 8 yil ichida eng ko'p Shengen vizasiga murojaat qilgan 5 davlat orasida Turkiya, aytilgan davrda eng ko'p rad etilgan davlat". dedi.

Altunyaldiz, Yevropa davlatlariga savdo, sogʻlik va taʼlim maqsadlarida borishni xohlagan turk fuqarolari Shengen vizasida kechikishlar va muammolarga duch kelganini yoki rad javobini olganligini taʼkidladi.

“Viza jarayonlarining murakkabligi Yevropa va mamlakatimiz oʻrtasidagi hamkorlikka toʻsqinlik qilmoqda”. Dedi u.

Qabul qilingan hisobotning  uchun tavsiya ekanligiga e'tibor qaratgan Altunyaldiz, bu orqali Yevropa Ittifoqi, Yevropa Parlamenti va Yevropa Kengashining barcha davlatlari bilan samarali hamkorlik mexanizmini o'rnatishini ta'kidladi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar