Prezident Erdo‘g‘an Ostonada Vladimir Putin bilan uchrashdi

Prezident Erdo‘g‘an, Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash sammiti doirasida hozirda Qozog‘iston poytaxti Ostonda.

1892479
Prezident Erdo‘g‘an Ostonada Vladimir Putin bilan uchrashdi

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Ostonada Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin bilan uchrashdi.

Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash sammiti doirasida hozirda Qozog‘iston poytaxti Ostonda bo‘lgan Erdo‘g‘an, Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin bilan uchrashdi.

Mustaqillik saroyida matbuotga yopiq tarzda bo‘lib o‘tgan uchrashuv oldidan ikki davlat rahbari qisqacha bayonot berdi.

Prezident Erdo‘g‘an o‘z bayonotida:

“Akkuyuning birinchi turbinasining kelasi yilning birinchi yarmida ochilishi, dunyoda duv – duv gap bo‘ladi. (Atom stansiya) Sinop bilan bog‘liq kerakli qadam tashlansa unda bu, yana – da boshqacharoq kuch yaratadi”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.

Prezident Erdo‘g‘an, don yo‘lagi haqida esa:

“Istanbul kelishuviga to‘liq amal qilishimiz. Rossiya don va don mahsulotlarini Türkiye orqali kam rivojlangan mamlakatlarga tashish haqida qaror qabul qildik. Türkiye va Rossiyaning bu jarayonda tashlaydigan qadamlari ma’lum muhitlarni bezovta qilar ekan, boshqa tomonda kam rivojlangan davlatlarni xursand qiladi”. – dedi.

Rossiya Davlat rahbari Putin esa, Türkiye Yevropa ittifoqi uchun eng xavfsiz manzilga aylanganini qayd etdi va bu haqida:

“Türkiyeni dunyoning eng yirik tabiiy gaz markaziga aylantirish niyatimizni yetkazdik”. – deya gapirdi.

Putin,

“Türkiye, Yevropa ittifoqiga tabiiy gaz yetkazib berishning eng ishonchli yo‘li ekanini isbotladi. Rossiyadan Türkiyega uglevodorod to‘liq yetkazib berilmoqda”. – dedi.

Rossiya Davlat rahbari Putin:

“Donning judayam oz qismi eng qashshoq davlatlarga yuborilmoqda. Istanbul kelishuvi bo‘yicha Ukraina donini olgan davlatlar, Erdo‘g‘anga rahmat deyishi kerak”. – deya gapirdi.



Aloqador xabarlar