Erdo'g'an Gretsiya hukumati siyosatini tanqid qildi

Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an Chexiyada bo'lib o'tayotgan Yevropa Siyosiy Hamjamiyati (AST) yig'ilishi doirasida matbuot anjumani o'tkazdi.

1889589
Erdo'g'an Gretsiya hukumati siyosatini tanqid qildi

 

Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an Gretsiya boshqaruvi siyosati yolg'onga asoslanganini aytib, Suriya Prezidenti Bashar Asad bilan uchrashishi mumkinligini aytdi.

Prezident Erdo'g'an Chexiyada bo'lib o'tayotgan Yevropa Siyosiy Hamjamiyati (AST) yig'ilishi doirasida matbuot anjumani o'tkazdi.

Uning ta'kidlashicha, dunyodagi o’zgarishlar Turkiyaning Yevropa Ittifoqi va Yevropa uchun muhim ahamiyat kasb etgan davlat ekanligini ko’rsatib turibdi.

“Biz ittifoqqa a’zo ayrim mamlakatlar Turkiya bilan hamkorlik va yaxshi qo’shnichilik munosabatlari o’rniga keskinlikni kuchaytirayotganini ko’ryapmiz. Shu o‘rinda men quyidagi fikrni ta’kidlamoqchiman; Turkiya hech bir davlatning suvereniteti, hududi, huquqlari va qonunlariga ko‘z tikmaydi. Biz faqat mamlakatimiz va Kipr turklarining manfaatlarini himoya qilish uchun kurashamiz. Biz hech kim bilan, qo‘shnilarimiz bilan keskinlikni xohlamaymiz. Sharqiy Oʻrta yer dengizi va Egey dengizi muammolarini xalqaro huquq doirasida hal etish tarafdori ekanimizni bir necha bor taʼkidlaganmiz. Doimiy yechim uchun Kipr orolidagi faktlarni qabul qilish kerak”,-deb aytgan Turkiya prezidenti.

Gretsiyaning Turkiyaga qarshi provokatsion urinishlari haqidagi savolga javoban Erdo'g'an Gretsiya Bosh vaziri Kiriakos Mitsotakisni tanqid qildi.

“Jentlmenni Yevropa Siyosiy Hamjamiyati sessiyalaridagi nutqim bezovta qildi. Ularning siyosati yolg'onga asoslangan, halollik yo'q. Ular bo'lishi kerak bo'lgan joyda emas. “Kelinglar, birlashamiz” desak, qirg‘oqbo‘yi davlatlar qatori bunga rozi bo‘lmaydi. Va ular oraga ko'plab mamlakatlarni qo'yishdi. Gretsiya bilan ham muhokama qiladigan hech narsamiz yo‘q, umid qilamanki, vaqt o‘tishi bilan uchrashish imkoniga ega bo‘lamiz”,-dedi Erdo'g'an.

“Vaqti kelganda biz Suriya prezidenti bilan ham uchrashishimiz mumkin. Hozircha past darajadagi muzokaralar olib borilmoqda”, deb qo'shimcha qilgan Erdo'g'an.



Aloqador xabarlar