Zelenskiyning turmush o'rtog'i Yelena Zelenskaya Turkiyaga tashrif buyurdi

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning turmush o'rtog'i Yelena Zelenskaya tashrif doirasida mamlakat birinchi xonimi Emina Erdo‘g‘an bilan uchrashdi.

1887997
Zelenskiyning turmush o'rtog'i Yelena Zelenskaya Turkiyaga tashrif buyurdi

 

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning turmush o'rtog'i Yelena Zelenskaya Turkiyaga tashrif buyurdi. U tashrif doirasida mamlakat birinchi xonimi Emina Erdo‘g‘an bilan uchrashdi. 

Turkiya prezidenti matbuot xizmati xabariga ko'ra, uchrashuvda Zelenskaya Ukrainadagi so‘nggi o‘zgarishlar, shuningdek, o‘zi asos solgan jamg‘arma faoliyati haqida ma’lumot berdi. U Turkiya birinchi xonimiga turmush o‘rtog‘i, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy nomidan Ukrainaga ko‘rsatgan yordami uchun minnatdorlik maktubini topshirdi. 

Turkiyaning 1300 nafar oilasiz ukrainalik bolani qabul qilganidan mamnunligini bildirgan Zelenskaya, 200 ga yaqin alohida ehtiyojga muhtoj bolani evakuatsiya qilish va Turkiyaga olib kelishda yordam so‘radi. 

"G‘alla yo'lagi" va mahbuslar almashinuvi Prezident Erdo‘g‘anning kuchli yetakchiligi va diplomatik mahorati bilan amalga oshirilayotganiga diqqat qaratgan Zelenskaya, ayniqsa, don yo‘lagi dunyoni katta oziq-ovqat inqirozidan qutqarganiga urg‘u berdi. 

Urush tufayli sog‘liqni saqlash sohasidagi ehtiyojlar ortganini ifoda etgan Ukraina birinchi xonimi, Emina Erdo‘g‘andan tez yordam avtomobillari va chaqaloqlar uchun vakuum apparatlarini yetkazib berishini so‘radi. 

“Mintaqamizda qariyb yetti oydan beri davom etayotgan urushdan qayg‘udamiz. Umid qilamanki, bu muammo tezroq hal qilinadi. Turkiya tinchlik o‘rnatish uchun jadal harakatlarini davom ettiradi”, deydi Erdo‘g‘anning rafiqasi.

U so‘zida davom etarkan, Anqara Ukrainaning hududiy yaxlitligini hurmat qilishi va muammoning diplomatiya yo‘li bilan hal qilinishiga ishonishini bildirgan. 



Aloqador xabarlar