Prezident Erdo‘g‘an AQShning Gretsiya va Janubiy Kiprga bo‘lgan muomalasini tanqid qildi

Prezident Erdo‘g‘an, kecha oqshom ba’zi telekanallarning qo‘shma loyihasi asosida namoyish etilgan ko‘rsatuvida kun tartibini baholadi.

1886233
Prezident Erdo‘g‘an AQShning Gretsiya va Janubiy Kiprga bo‘lgan muomalasini tanqid qildi

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an

“Amerika Qo‘shma Shtatlaridan, Gretsiyaga noto‘g‘ri yo‘l ko‘rsatmasligini kutamiz”.-dedi.

Prezident Erdo‘g‘an, kecha oqshom ba’zi telekanallarning qo‘shma loyihasi asosida namoyish etilgan ko‘rsatuvida kun tartibini baholadi.

Egey dengizidagi orollarga Amerika jangovar kemalarining yuborilishini tanqid qilgan Erdo‘g‘an, Amerika Qo‘shma Shtatlarining NATO tarkibidagi davlatlarga nisbatan adolatli muomala qilmaganiga e’tibor qaratdi.

Erdo‘g‘an mavzu haqida:

“Gretsiya ham, Türkiye ham NATOga a’zo. Biz NATO tarkibida kuchli beshlikka kirdik. Bergan kuchimiz bilan ham, quriqlik kuchlari bilan ham muhim mavqega egamiz. NATO tarkibida Türkiye bilan Gretsiyani solishtirib bo‘lmaydi. Qo‘shma Shtatlarning orollarga bunchalik ko‘p qurol-yarog‘ va transport vositalari yuborishini qabul qilinish imkonsiz”.-deya gapirdi.

Prezident:

“Amerika Qo‘shma Shtatlaridan, Gretsiyaga noto‘g‘ri yo‘l ko‘rsatmasligi va xalqaro hamjamiyatning manipulyatsiya qilinishiga yo‘l qo‘ymasligini xohlaymiz. Tashqi ishlar vazirligimiz AQSh va Gretsiyani zarur masalalarda ogohlantirdi. Birlashgan Millatlar Tashkilotiga oxirgi maktubimizni 17-sentabr kuni yubordik”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.

AQShning Janubiy Kiprga nisbatan yo‘lga qo‘yilgan qurol embargosini bekor qilishining hech qanday izohi yo‘qligini ham qayd etgan Erdo‘g‘an so‘zlarini:

“Bu so‘nggi qadamning javobsiz qolmasligi, Kipr turklarining xavfsizligi uchun har qanday choralar ko‘rilishini hamma bilishi kerak”-deya yakunladi.



Aloqador xabarlar