Chavusho‘g‘lu: Gretsiyaga qarshi kerakli choralarni ko‘ramiz

Mevlut Chavusho‘g‘lu, Denizlida uyushtirgan matbuot anjumanida, Gretsiyaning ig‘vogarchiliklari haqida gapirdi.

1886267
Chavusho‘g‘lu: Gretsiyaga qarshi kerakli choralarni ko‘ramiz

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu, Egey dengizidagi orollarni qurollantirayotgan Gretsiyaga qarshi kerakli choralar ko‘rilishi kerakligini qayd etdi.

Mevlut Chavusho‘g‘lu, Denizlida uyushtirgan matbuot anjumanida, Gretsiyaning ig‘vogarchiliklari haqida gapirdi.

Chavusho‘g‘lu mavzu haqida:

“Gretsiya orollarni qurollantirayotganida, biz ham kerakli choralarni ko‘ramiz”.-dedi.

Gretsiyaning Egey dengizidagi harbiy bo‘lmagan hududga kirgan orollarga zirhli transport vositalarini joylashtirishi, ikki davlat o‘rtasidagi taranglikni kuchaytirdi.



Aloqador xabarlar