TQKning terrorga qarshi kurashi davom etmoqda

Turk Qurolli kuchlarining (TQK) terrorga qarshi kurashi, mamlakatda bo‘lganidek qo‘shni davlatlarda ham davom etmoqda.

1885332
TQKning terrorga qarshi kurashi davom etmoqda

Iroq shimolida PKK terror tashkilotining 6 a’zosi yo‘q qilindi.

Milliy Mudofaa vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, muvaffaqiyatli davom etgan “Panja-kalit” amaliyoti natijasida mintaqadagi PKK terror tashkilotiga a’zo 6 terroristning yo‘q qilingani qayd etildi.

Bayonotda shuningdek,

“Terroristlar uchun na Iroq shimoli, na Suriya shimoli xavfsiz. Terrorni o‘z o‘rnida yo‘q qilishda qarorimiz qat’iydir”.-degan ifodalarga o‘rin berildi.



Aloqador xabarlar