Turkiya Prezidenti Erdo’g’an Nyu-Yorkka tashrifini yakunladi

Erdo’g’an Amerika Qo’shma Shtatlari Prezidenti Jo Bayden tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 77-sessiyasiga qatnashgan yetakchilar va ularning turmush o’rtoqlari sharafiga berilgan kechki ziyofatdan so'ng, yurtga qaytdi.

1883005
Turkiya Prezidenti Erdo’g’an Nyu-Yorkka tashrifini yakunladi

 

Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Nyu-Yorkda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 77-sessiyasi doirasida Turk uyida ikki tomonlama uchrashuvlarni amalga oshirdi.

Erdo’g’an jumladan, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Prezidenti Ersin Tatar, Avstriya Prezidenti Aleksandr Van der Bellen, Polsha Prezidenti Anjey Duda, Livan Bosh vaziri Nejip Mikati, Britaniya bosh vaziri Liz Trass va amerikalik senator Jeyms Risch bilan uchrashdi.

Uchrashuvlar matbuotga yopiq eshiklar ortida bo’lib o’tdi.

Erdo’g’an keyinroq, Turk uyida Siyosiy, Iqtisodiy va Ijtimoiy Tadqiqotlar (SETA) Jamg’armasi tomonidan tashkil etilgan davra suhbatiga qatnashdi.

So’ngra, Tashqi Iqtisodiy Aloqalar Kengashining (DEIK) Turkiya-AQSh tadbirkorlik kengashi tomonidan uyushtirilgan kechki ziyofatga tashrif buyurdi.

Ikki davlat o'rtasidagi ko'p qirrali hamkorlik dunyoning ko'plab mintaqalarida tinchlik va barqarorlik o'rnatilishiga katta hissa qo'shayotganini ifoda etgan Erdo'g'an, Ukrainadan tortib to Bolqon, Yaqin Sharq va Afrikagacha bo’lgan keng mintaqada oziq-ovqat xavfsizligigacha bo'lgan ko'plab mavzularda qarashlari o'xshashligini aytdi.

Erdo’g’an shuningdek, Amerika Qo’shma Shtatlari Prezidenti Jo Bayden tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 77-sessiyasiga qatnashgan yetakchilar va ularning turmush o’rtoqlari sharafiga berilgan kechki ziyofatga qatnashdi.

Turkiya prezidenti shu bilan Nyu-Yorkka tashrifini yakunlab yurtga qaytdi.

 


Tanlangan kalimalar: #BMT , #Erdo'g'an , #Turkiya

Aloqador xabarlar