Prezident Erdo‘g‘an Nyu-Yorkda o‘zaro uchrashuvlarini davom ettirmoqda

Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) 77 - Bosh Assambleyasida ishtirok etish uchun shu kunlarda AQShning Nyu - York shahrida bo‘lgan Erdo‘g‘an, o‘zaro uchrashuvlarini davom ettirmoqda.

1882602
Prezident Erdo‘g‘an Nyu-Yorkda o‘zaro uchrashuvlarini davom ettirmoqda

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Iordaniya Qiroli Abdulloh II bilan uchrashdi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) 77 - Bosh Assambleyasida ishtirok etish uchun shu kunlarda AQShning Nyu - York shahrida bo‘lgan Erdo‘g‘an, o‘zaro uchrashuvlarini davom ettirmoqda.

Erdo‘g‘an BMT qarorgohidagi nutqidan so‘ng Finlandiya Prezidenti Sauli Ninisto va Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov bilan uchrashdi.

Ispaniya Bosh vaziri Pedro Sanchesni ham qabul qilgan Erdo‘g‘an, BMT qarorgohida Qatar Amiri Tamim bin Hamad al-Soniy, Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Janubiy Koreya Prezidenti Yun Sok Yol, Bangladesh Bosh vaziri Hasin Vazid bilan ham suhbatlashdi.

Janubiy Koreya Prezidenti Yun Sok Yol, Prezident Erdo‘g‘anning NATOdagi roli va liderligini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Prezident Erdo‘g‘an, Yun Sok-Yolning shaxsini o‘z yurtiga taklif qilishiga, yaqinda Janubiy Koreyaga tashrif uyushtirish niyatda ekanini ifoda etgan holda, “Gaplashishimiz lozim. Biz amalga oshiradigon ko‘p ishlar bor”.-deb javob berdi.

Erdo‘g‘anning Qozog‘iston Prezidenti Toqayev bilan bo‘lgan suhbatiga BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish ham hamrohlik qildi.

Erdo‘g‘an bu yerdan Iordaniya Qiroli Abdulloh II bilan birga Turkeviga yo‘l oldi.

Prezident Erdo‘g‘an u yerda Iordaniya Qiroli Abdulloh II bilan uchrashdi.

Ortidan, Xalqaro futbol federatsiyasi uyushmasi (FIFA) rahbari Janni Infantino bilan uchrashdi, shuningdek, Isroil Bosh vaziri Yair Lapid va Yaponiya Bosh vaziri Kisida Fumioni qabul qildi.

Yaponiya Tashqi ishlar vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra uchrashuv chog‘ida Kisida, Rossiyaning Ukrainadagi hujumlarini, “Xalqaro tartib poydevorini buzgan zo‘ravonlik harakatlari”,- deb ta’riflagan.

Kisida, hujum ostidagi Ukrainadan don eksport qilishning davom ettirilishida Türkiyening faol roli va sabrli diplomatik sa’y-harakatlarini xursandchilik bilan qarshi olganliklarini qayd etgan.

Suhbat chog‘ida ikki davlat rahbari Yaponiya bilan Türkiyening iqtisodiy sherikligi to‘g‘risidagi bitimni zudlik bilan tuzish haqidagi muzokaralarni tezlashtirishga kelishib ham olganlar.

Uchrashuvlar matbuotga yopiq tarzda o‘tkazildi.

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali muloqot qildi.

Uchrashuv ortidan ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida bayonot bergan Zelenskiy, “Türkiye Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an bilan telefon orqali muloqot qildik. Bugungi kundagi xavfsizlik masalalari muhokama qilindi”,-dedi.


Tanlangan kalimalar: #Prezident Erdo‘g‘an , #Nyu-York , #BMT

Aloqador xabarlar