Emina Erdo‘g‘an AQShda xalqaro mukofot bilan taqdirlandi

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘anning rafiqasi – mamlakat birinchi xonimi Emina Erdo‘g‘an AQSH Musulmon Tashkilotlari Kengashi tomonidan ta’sis etilgan “Xalqaro muvaffaqiyat va jamiyatga qo‘shgan hissasi" mukofotini oldi.

1882396
Emina Erdo‘g‘an AQShda xalqaro mukofot bilan taqdirlandi
guterres-emine erdogan1.jpg
guterres-emine erdogan.jpg

 

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘anning rafiqasi – mamlakat birinchi xonimi Emina Erdo‘g‘an AQSH Musulmon Tashkilotlari Kengashi tomonidan ta’sis etilgan “Xalqaro muvaffaqiyat va jamiyatga qo‘shgan hissasi" mukofotini oldi.

Bu haqda Turkiya Respublikasi Prezidenti rasmiy saytida xabar berildi. 

Emina Erdo‘g‘an mukofotni butun Turkiya nomidan qabul qilishini va bu mukofotni “jahon hamjamiyatining vijdoni” ovozi deb bilganini ta’kidlagan va AQSH Musulmon Tashkilotlari Kengashiga minnatdorlik bildirgan. 

“Turkiya dini, irqi va madaniyatidan qat’i nazar, sayyoramizning barcha burchaklaridagi muhtoj va mazlumlarga yordam beradi. Afrikada, Suriyada, Falastinda, Ukrainada biz turli odamlarni emas, balki muammoga duchor bo‘lgan bitta katta insoniyat oilasi a’zolarini ko‘ryapmiz”, deydi Emina Erdo'g'an. 

Uning qayd etishicha, Turkiyaning xalqaro maydondagi yordamlari – muhtojlarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor turk xalqining vijdon chaqirig‘i. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, har bir qit’ada insoniyat urushlar, gumanitar inqirozlar, tabiiy ofatlar, epidemiyalar va kasalliklar ko‘rinishidagi turli sinovlarni boshidan kechiradi, shu bois do‘st mamlakatlarning ko‘magiga ehtiyoj kun sayin ortib bormoqda. 

“Agar 2020 yilda dunyoda har 45-kishi yo‘qsillikdan aziyat chekkan bo‘lsa, bu 2022 yilda har 33-kishining gardaniga tushyapti. Bunday sharoitda Turkiya nafaqat mustaqil, balki BMT orqali ham insonparvarlik yordamini ko‘rsatmoqda va uning hajmini doimiy ravishda oshirmoqda”, degan u.

Turkiya rahbarining rafiqasi 2021 yilda Turkiya 122 davlatga, xususan, Suriya, Somali, Falastinga gumanitar yordam ko‘rsatganini, gumanitar operatsiyalar hajmi esa 7,7 milliard dollarni tashkil etganini aytgan. 

“Turkiyaning gumanitar tashkilotlari, asosan, Turk Qizil yarim oy jamiyati, Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish boshqarmasi va Turk hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi sayyoramizning barcha burchaklarida yordam berish bilan birga, insoniylik hali o‘lmaganini ham isbotlamoqda”, degan Emina Erdo‘g‘an.

Ma’lumot uchun, Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘anning rafiqasi Emina Erdo‘g‘an ijtimoiy loyihalarda faol ishtirok etadi. U tabiatni chiqindilardan tozalash, dengiz va daryolarni toza tutish bo‘yicha bir qator loyihalarning homiysi. 

 


Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #Turkiya , #Emine Erdo'g'an

Aloqador xabarlar