Türkiyening terrorizmga qarshi kurashi davom etmoqda

Turk Qurolli kuchlarining (TQK) terrorga qarshi kurashi, mamlakatda bo‘lganidek qo‘shni davlatlarda ham davom etmoqda.

1882244
Türkiyening terrorizmga qarshi kurashi davom etmoqda

Iroq shimolida Turk Qurolli kuchlari tomonidan olib borilgan “Panja-kalit” amaliyoti natijasida Metina mintaqalarida aniqlangan PKK terror tashkilotiga a’zo 5 terrorist yo‘q qilindi.

Milliy Mudofaa vazirligi tomonidan berilgan bayonotda, Panja-kalit va Metina mintaqalarida aniqlangan PKK terror tashkilotiga a’zo yana 5 terroristning, Turk Qurolli kuchlari tomonidan yo‘q qilingani qayd etildi.

Bayonotda shuningdek, “Kurashimiz oxirgi terrorist yo‘q qilingunga qadar qarorlilik bilan davom etadi”.-degan ifodalarga o‘rin berildi.

Ichki ishlar vazirligi tomonidan berilgan bayonotda esa, “Eren Blokada-34” amaliyoti doirasida Diyarbakir-Dijle qishloq hududida PKK terror tashkilotiga a’zo 3 terroristning qurollari bilan yo‘q qilingani ma’lum qilindi. ​​​​​



Aloqador xabarlar