Erdo'g'an:"Turkiya SHHTga qo’shilish uchun Yevropa Ittifoqiga hisob bermaydi"

Bu haqda Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an PBS telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

1882149
Erdo'g'an:"Turkiya SHHTga qo’shilish uchun Yevropa Ittifoqiga hisob bermaydi"

 

Turkiya hukumati Shanxay hamkorlik tashkilotiga qo’shilish uchun Yevropa Ittifoqi oldida hisob bermaydi.

Bu haqda Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an PBS telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

“Yevropa Ittifoqi bizni 52 yil ushlab turadi, unga yaqinlashishga ruxsat bermaydi va keyin so‘raydi: “Nega ular bilan uchrashdi, nega boshqa bilan uchrashdi?”. Men muzokara qilaman. Bu muzokaralarni olib borish bilan biz hozirda Yevropa Ittifoqi oldida javobgar emasmiz”, dedi Erdo’g’an PBS telekanaliga bergan intervyusida.

Turkiya rahbari butun dunyo davlat rahbarlari, jumladan, Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Xitoy Davlat rahbari Si Szinpin bilan uchrashishini ta’kidladi.

“Men barcha davlatlar bilan muzokaralar olib bormoqdaman. Chunki, biz hammamiz bu dunyoning bir bo’lagimiz”, deya qo‘shimcha qilgan Erdo’g’an.

Shu bilan birga, Erdo‘g‘an Yevropa yetakchilari bilan uchrashuvlar chog‘ida unga hech kim bunday savollar bermaganini, shuningdek, SHHT a’zolari bilan bo‘lgani kabi ular bilan ham muloqot o‘tkazishga tayyorligini bildirdi.

Kuni kecha, Germaniya parlamenti a’zolari Erdo‘g‘anning SHHTdagi ishtiroki uchun Turkiyaga iqtisodiy choralar ko‘rish kerakligini aytgandi.

Ta’kidlash joizki, Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an 17 sentyabr kuni Samarqandda bo‘lib o‘tgan SHHT sammitidan so‘ng, Turkiya tashkilotga to‘laqonli a’zo bo‘lish istagi borligini ma’lum qilgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu masala SHHTda “yaqin davrga raislik qiladigan Hindistondagi muzokaralar kun tartibiga” kiradi.



Aloqador xabarlar