Prezident Erdo‘g‘an O‘zbekistonga tashrif uyushtirmoqda

Prezident Erdo‘g‘an O‘zbekistonning Samarqand shahrida Shanhay Hamkorlik Tashkilotida ishtirok etadi.

1880138
Prezident Erdo‘g‘an O‘zbekistonga tashrif uyushtirmoqda

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Shanxay Hamkorlik Tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining 22-majlisi tadbirlarida ishtirok etish maqsadida 15-16 sentabr kunlari Samarqandda bo‘ladi.

Türkiye Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, Türkiye, Shanhay Hamkorlik Tashkiloti tarkibida “Muloqot sherigi” maqomi qo‘lga kiritgan 2012-yildan beri sammit majlislarida birinchi marotaba “Prezident” yetakchiligidagi hay’ati bilan ishtirok etadi.

Prezident Erdo‘g‘anning 16-sentabr kuni bo‘lib o‘tadigan Sammit majlisida nutq so‘zlashi va shu munosabat bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishi kutilmoqda.



Aloqador xabarlar