Chavusho‘g‘lu: Rossiya-Ukraina urushi mintaqa tinchligining Türkiye orqali o‘rnatilishini isbotladi

Mevlut Chavusho‘g‘lu poytaxt Anqarada joylashgan Tashqi ishlar vazirligi binosida, diplomatiya muxbirlari bilan uchrashdi.

1879915
Chavusho‘g‘lu: Rossiya-Ukraina urushi mintaqa tinchligining Türkiye orqali o‘rnatilishini isbotladi

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘luning qayd etishicha, 24-fevraldan beri davom etayotgan Rossiya-Ukraina urushi, mintaqa tinchligining Türkiye orqali o‘rnatilishini yana bir bor isbotlagan.

Mevlut Chavusho‘g‘lu poytaxt Anqarada joylashgan Tashqi ishlar vazirligi binosida, diplomatiya muxbirlari bilan uchrashdi.

Unda so‘zlagan nutqida, Türkiyening oxirgi vaqtlarda kuzatgan diplomatiyasi qo‘llab-quvvatlanganini ifoda etgan Chavusho‘g‘lu, ulardan eng muhimlari don masalasi ustidan tuzilgan kelishuv, Türkiyening Finlyandiya bilan Shvetsiya tomonidan NATO tarkibiga kirish murojaatlari chog‘ida erishgan yutuqlari va Turk Davlatlari Tashkilotining rivojlanishi ekanini qayd etdi.

Türkiyening Liviyadagi to‘qnashuvlarni to‘xtatishda o‘ynagan rolining, G‘arb davlatlari e’tiborini tortganini ta’kidlagan Chavusho‘g‘lu,

“Hatto bu ham mamlakatimizning Liviyada qanday nuqtaga erishganidan dalolat beradi”.-dedi.

Chavusho‘g‘lu, Rossiya-Ukraina urushi yuzasidan paydo bo‘lgan qiyinchiliklar masalasida aniq qadamlar, Türkiyening tashqi siyosatlari yordamida tashlanishi mumkunligini bildirdi.

Bu borada,

“Ukraina urushi, mintaqada tinchlikka yetaklagan yo‘lning Türkiyedan o‘tishini yana bir bor hammaga ko‘rsatdi”.-degan ifodalarga o‘rin bergan Chavusho‘g‘lu:

“Bu xusus, Kavkaz, Bolqon, Yaqin Sharq va Afrika kabi ko‘plab hudud uchun ham shunday”.- dedi.

Mevlut Chavusho‘g‘lu, Kavkazlarda Ozarbayjonning yutuqlarini tinchlik muhitida mustahkamlaganini ham bildirgan holda:

“Hozirda Lochin amalda Ozarbayjon nazoratida ammo u yerni tark etar chog‘ida ham Armanistonning bir tarafdan (atrofni) yoqishi yoki qulatishi, ikkinchi tomondan esa har joyga qora minani joylashtirishi, yaxshi niyatlari yo‘qligini ko‘rsatmoqda”.-deya gapirdi.

Chavusho‘g‘lu Türkiye, Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘rtasidagi uch tomonli mexanizmni yo‘lga qo‘yganliklarini ifoda etib, Ozarbayjon va Qozog‘iston bilan O‘rta yo‘lakni qayta jonlantirish niyatida ekanliklarini bildirdi.

Türkiyening Afrika, Lotin Amerika va Osiyoga kengayishi masalasiga to‘xtalgan Tashqi ishlar vaziri, Türkiyening keng ko‘lamli tashqi siyosatini davom ettirayotganini bildirdi.

 



Aloqador xabarlar