Turkiya prezidenti Erdo'g'an Xorvatiyaga tashrif buyurdi

Oliy martabali mehmon poytaxt Zagrebda Xorvatiya Prezidenti Kolinde Grabar Kitarovich tomonidan rasmiy marosim bilan kutib olindi.

1877218
Turkiya prezidenti Erdo'g'an Xorvatiyaga tashrif buyurdi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an Bolqon davlatlariga safari doirasida Xorvatiyaga tashrif buyurdi.

Oliy martabali mehmon poytaxt Zagrebdagi Franjo Tudjman xalqaro aeroportida Xorvatiya prezidentlik apparati mutasaddilari, Xorvatiya Tashqi ishlar vazirligining ko‘p tomonlama aloqalar bo‘yicha vakili hamda Turkiyaning Xorvatiyaga yangi tayinlangan elchisi Yavuz Selim Kiran, sobiq elchi Mustafo Babur Hizlan va boshqalar tomonidan kutib olindi.

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an Xorvatiya poytaxti Zagrebda Xorvatiya Prezidenti Zoran Milanovich tomonidan rasmiy marosim bilan kutib olindi.

Prezident Erdog’anga turmush o'rtog'i Emine Erdo'g’an, Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li, Ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu, Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy, Milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar, Sanoat va texnologiya vaziri Mustafa Varank, Qishloq va o’rmon xo’jaligi vaziri Vahit Kirishchi, Savdo vaziri Mehmet Mush, Transport va infratuzilma vaziri Adil Karaismailog'lu, AK Partiya raisi o'rinbosari Numan Kurtulmush, AK Partiya raisi o'rinbosari va partiya matbuot kotibi O'mer Chelik, AK partiya raisi o'rinbosari Efkan Ala, Din ishlari boʻyicha boshqarma rahbari prof. Dr. Ali Erbash, Turkiya prezidenti ma'muriyatining kommunikatsiyalar bo‘yicha departamenti rahbari Faxriddin Altun, Prezident matbuot kotibi Ibrohim Kalin, Mudofaa sanoati boshqarmasi rahbari Ismoil Demir, Oliy taʼlim kengashi raisi prof. Dr. Erol O'zvar hamrohlik qilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, tashrif doirasida Turkiya va Xorvatiya Prezidentlarining tor va kengaytirilgan tarkibda muzokaralari rejalashtirilgan.

Muzokaralar kun tartibidan savdo-iqtisodiy, transport-logistika va madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish masalalari o'rin olgan. Uchrashuv yakunlari bo‘yicha qator ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi kutilmoqda. Hujjatlarni imzolash marosimidan so'ng, Prezidentlar ishtirokida qo'shma matbuot anjumani o'tkaziladi.

Eslatma: Prezident Erdo'g'an Bolqon safari doirasida bir kun avval Bosniya va Gertsegovinaga, kecha esa Serbiyaga tashrif buyurgan edi.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Xorvatiya , #Erdo'g'an

Aloqador xabarlar