TQKning terrorga qarshi kurashi davom etmoqda

Turk Qurolli kuchlarining (TQK) terrorga qarshi kurashi, mamlakatda bo‘lganidek qo‘shni davlatlarda ham davom etmoqda.

1877562
TQKning terrorga qarshi kurashi davom etmoqda

Shirnakda PKK terror tashkilotiga a’zo 2 terrorist yo‘q qilindi.

Ichki ishlar vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, “Eren blokada-27” deb nomlangan amaliyot doirasida Shirnakdagi Jandarmeriya qo‘monodonligi koordinatsiyasida, Judiy tog‘i Jevizduzu qishlog‘i chetida kecha razvedkaga tayangan nuqta amaliyotida, 2 terroristning yo‘q qilingani qayd etidli.

Bayonotda mintaqada amaliyotlarning davom etgani ta’kidlandi.

Iroq shimolidagi Panja-kalit amaliyoti hududida PKK terror tashkilotiga a’zo 8 terrorist yo‘q qilindi.

Milliy Mudofaa vazirligi (MMV) tomonidan berilgan bayonotida:

“To‘xtash yoq, charchash yo‘q kurashni davom ettiramiz. Iroq shimolida muvaffaqiyatli ravishda davom etayotgan Panja-kalit amaliyoti mintaqasida 8 nafar PKK terroristi yo‘q qilingan. Qahramon Turk Qurolli kuchlarimiz terror uylarini qat’iyat bilan yo‘q qilishga davom etadi”.-degan ifodalarga o‘rin berildi.

MMV tomonidan berilgan boshqa bir bayonotda, Suriya shimolidagi “Firot qalqoni” amaliyoti olib borilgan hududda, PKK/YPG terror tashkilotiga a’zo 2 terroristining yo‘q qilingani ma’lum qilindi.



Aloqador xabarlar