Erdo'g'an Serbiya poytaxti Belgradga tashrif buyurdi

Oliy martabali mehmon Belgraddagi Nikola Tesla aeroportida Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich tomonidan kutib olindi.

1876668
Erdo'g'an Serbiya poytaxti Belgradga tashrif buyurdi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an Bolqon davlatlariga safari doirasida Serbiya poytaxti Belgradga tashrif buyurdi.

Oliy martabali mehmon Belgraddagi Nikola Tesla aeroportida Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich, shuningdek, Serbiyaning Turkiyadagi Favqulodda va muxtor elchisi Zoran Markovich, Turkiyaning Serbiyadagi Favqulodda va muxtor elchisi Hami Aksoy, Novi Pazar bosh konsuli Bashar Bashol va elchixona xodimlari tomonidan kutib olindi.

Prezident Erdog’anga turmush o'rtog'i Emine Erdo'g’an, Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li, Ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu, Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy, Milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar, Sanoat va texnologiya vaziri Mustafa Varank, Qishloq va o’rmon xo’jaligi vaziri Vahit Kirishchi, Savdo vaziri Mehmet Mush, Transport va infratuzilma vaziri Adil Karaismailog'lu, AK Partiya raisi o'rinbosari Numan Kurtulmush, AK Partiya raisi o'rinbosari va partiya matbuot kotibi O'mer Chelik, AK partiya raisi o'rinbosari Efkan Ala, Din ishlari boʻyicha boshqarma rahbari prof. Dr. Ali Erbash, Turkiya prezidenti ma'muriyatining kommunikatsiyalar bo‘yicha departamenti rahbari Faxriddin Altun, Prezident matbuot kotibi Ibrohim Kalin, Mudofaa sanoati boshqarmasi rahbari Ismoil Demir, Oliy taʼlim kengashi raisi prof. Dr. Erol O'zvar hamrohlik qilmoqda.

Erdo'g'anning tashrifi davomida Turkiya va Serbiya o'rtasida muhim bitimlar imzolanishi kutilmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #Serbiya , #Turkiya

Aloqador xabarlar