Prezident Erdo‘g‘anning Bolqon o‘lkalariga bo‘lgan tashrifi davom etmoqda

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an, hamkasblarining taklifiga binoan 6-7-8-sentabr kunlari Bosniya - Gersegovina, Serbiya va Xorvatiyaga amaliy tashrif uyushtirmoqda.

1876596
Prezident Erdo‘g‘anning Bolqon o‘lkalariga bo‘lgan tashrifi davom etmoqda

Prezident Rejep Tayyib Erdo‘g‘an, Bosniya-Gersegovina va Türkiye o‘rtasidagi bordi-keldilarning ID kartalar orqali amalga oshirilishi ustidan qaror qabul qilganliklarini ma’lum qildi.

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an, hamkasblarining taklifiga binoan 6-7-8-sentabr kunlari Bosniya - Gersegovina, Serbiya va Xorvatiyaga amaliy tashrif uyushtirmoqda.

Rasmiy uchrashuvlar uchun Bosniya - Gersegovina poytaxti Sarayevoga borgan Prezident Erdo‘g‘an, Bosniya - Gersegovina Prezidentlik kengashi raisi Shefik Jaferovich, kengash a’zolari Zeljko Komsich va Milorad Dodik bilan shartnomalarga qo‘l qo‘yish marosimi va mushtarak matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Prezident Erdo‘g‘an unda so‘zlagan nutqida:

“Bosniya - Gersegovina va Türkiye o‘rtasidagi bordi-keldilarning ID kartalar orqali amalga oshirilishi ustidan qaror qabul qildik”.-dedi.

Bayonotlar ortidan Prezident Erdo‘g‘an,  Bosniya - Gersegovina Prezidentlik kengashi raisi Shefik Jaferovich, kengash a’zolari Zeljko Komsich va Milorad Dodik jurnalistlarning savollariga javob berdi.

Prezident Erdo‘g‘an, Bosniya - Gertsegovinadagi saylov qonunchiligi o‘zgarishi bilan bog‘liq bir savolga,

“Saylov qonunchiligi haqidagi qarorni uch lider qabul qilishi kerak. Bunga oliy vakilning aralashuvi, demokratiya talablariga ham zid”, - dedi.

Bosniya - Gertsegovinaga jo‘nab ketishdan oldin Gretsiya haqidagi bayonotlari ustidan berilgan savolga Prezident Erdo‘g‘an:

“Ularning orollari bor, u orollarda bazalar bor. Ana shu yerlardan bizga qarshi norasmiy xavflar davom etgudek bo‘lsa unda sabrning ham bir cheki bor”.-deya gapirdi.

Prezident,

“Men aytayotganlar tush emas. Kutilmagan bir kuni kechasi borib qolishimiz mumkun desak, vaqti soati kelganida, bir kuni kechasi borib qolishimiz mumkun”.-dedi.



Aloqador xabarlar