Prezident Erdo‘g‘an uch Bolqon davlatiga amaliy tashrif uyushtirmoqda

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an bugundan e'tiboran uch Bolqon davlatiga amaliy tashrif uyushtirmoqda.

1876234
Prezident Erdo‘g‘an uch Bolqon davlatiga amaliy tashrif uyushtirmoqda

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an, hamkasblarining taklifiga binoan 6-7-8-sentabr kunlari Bosniya va Gersegovina, Serbiya va Xorvatiyaga amaliy tashrif uyushtiradi.

Türkiye Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi tomonidan berilgan bayonotga ko‘ra, uchrashuvlarda yuqorida nomi tilga olingan uch davlat bilan o‘zaro munosabatlar har jihatdan ko‘rib chiqiladi.

Turli sohalarda mavjud hamkorlikni bundan buyon ham davom ettirish uchun qilinadigan ishlar, ayniqsa qo‘shma infratuzilma va sarmoya loyihalari muhokama qilinadigan uchrashuvlarda Bolqonlardagi oxirgi vaziyat va xalqaro mavzular yuzasidan fikr almashiladi. Har bir uch davlatda biznes-forumlar uyushtiriladi. Prezident Erdo‘g‘an Xorvatiyaning Sisak shahridagi Islom madaniyat markazining ochilish marosimida ham ishtirok etadi.



Aloqador xabarlar