Turkiya va Fransiya global muammolarga qarshi hamkorlikni kuchaytirishga kelishib oldi

Fransiya tashqi ishlar vaziri Katrin Kolonna kecha rasmiy tashrif bilan Turkiyaga keldi. Oliy martabali mehmon tashrif doirasida Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li bilan uchrashdi.

1876394
Turkiya va Fransiya global muammolarga qarshi hamkorlikni kuchaytirishga kelishib oldi

 

Fransiya tashqi ishlar vaziri Katrin Kolonna kecha rasmiy tashrif bilan Turkiyaga keldi.

Oliy martabali mehmon tashrif doirasida Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li bilan uchrashdi.

Yetakchilar o’zaro va hay’atlararo uchrashuvlardan so’ng, qo’shma matbuot anjumanida ishtirok etdilar.

Turkiya va Fransiyaning siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalarda tarixiy aloqalarga ega bo’lgan ikki davlat ekanini qayd etgan Chavusho’g’li, Fransiya tashqi ishlar vaziri bilan bo’lgan uchrashuvda mintaqaviy va global muammolarga qarshi hamkorlikni davom ettirishga kelishib olganligini bildirdi.

U shuningdek, Fransiyada yashayotgan turklar Turkiya bilan aloqalarini davom ettirgan holda Fransiya jamiyatiga ham yaxshi moslashishlariga tilak bildirdi.

Uning ta’kidlashicha, Fransiya turklarning mamlakatga moslashishini qulaylashtirish va rag’batlantirish uchun qadam tashlashi Turkiya uchun o’ta muhim.

Fransiya hukumati turk jamiyati bilan bog'liq masalalarda sog'lom fikrli bo’lishiga ishonchi komil ekanini tilga olgan Chavusho'g'li, "Afsuski, Yevropada irqchilik va islomga qarshi kurash kuchayib borayotganidan barchamiz xavotirdamiz. Irqchilik, islomofobiya, antisemitizm va ekstremizmga qarshi kurashni davom ettirish biz uchun foydali bo'ladi" dedi.

Uning ta’kidlashicha, ayniqsa, siyosatchilarning salbiy ifodalari kelajakka doir xavotirlarni kuchaytirmoqda.

“Fransiyadagi turk va musulmon jamiyati masjidlari va jamiyatlari xavfsizligi uchun barcha zarur choralar koʻrilishini kutib qolamiz”,-dedi Chavusho’g’li.

Fransiya tashqi ishlar vaziri Katrin Kolonna ham ikki jamiyat o’rtasida yuzaga kelgan ba’zi muammolarga to’xtaldi.

“Vaqti-vaqti bilan bizda turli xil tahlillar bo'lishi mumkin. Lekin, bu har doim ham shunday emas. Shunday ekan, vaqti-vaqti bilan ixtiloflar bo‘lsa-da, o’zaro kelishib olgan mavzular sonini ko’paytiraylik, ularni muhokama qilaylik”,-deb aytgan Fransiya TIV rahbari.


Tanlangan kalimalar: #Fransiya , #Turkiya

Aloqador xabarlar