Iroq shimolida bir turk askari shahid bo‘ldi

Turk Qurolli kuchlarining (TQK) terrorga qarshi kurashi, mamlakatda bo‘lganidek qo‘shni davlatlarda ham davom etmoqda.

1874973
Iroq shimolida bir turk askari shahid bo‘ldi

Iroq shimolida PKK terror tashkilotiga qarshi uyushtirilgan amaliyotda bir askar shahid bo‘ldi.

Milliy Mudofaa vazirligi (MMV) tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, “Panja-kalit” amaliyoti olib borilgan hududda terroristlar tomonidan avvaldan joylashtirib qo‘yilgan va qo‘lda yasalgan portlaguvchi moddaning portlatilishi oqibatida kecha bir turk askarining tan jarohati olgani bildirildi.

Bayonotda, tan jarohati olgan askarning shifoxonada, shifokorlarning barcha urinishlarga qaramay shahid bo‘lgani qayd etildi.



Aloqador xabarlar