Turkiya TIV rahbari Mavlud Chavusho’g’li Serbiyaga tashrif buyurdi

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich tomonidan qabul qilindi.

1874969
Turkiya TIV rahbari Mavlud Chavusho’g’li Serbiyaga tashrif buyurdi

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li Serbiyaga tashrif buyurdi.

Mavlud Chavusho’g’li Serbiya poytaxti Belgraddagi xalqaro aeroportda mamlakat tashqi ishlar vaziri Nikola Selakovich tomonidan kutib olindi.

Qayd etilishicha, Mavlud Chavusho’g’li Belgradda bo'lib o'tadigan "Ochiq Bolqon tashabbusi" sammitida ishtirok etadi.

Ma'lumotga ko'ra, Mavlud Chavusho’g’li Belgradda sammit ishtirokchilari sharafiga berilgan ziyofatga tashrif buyurdi. So'ngra, mamlakat prezidenti Aleksandr Vuchich tomonidan qabul qilindi.

Vazir Chavusho'g'li tashrif bo'yicha ma'lumotlarni ijtimoiy tarmoq orqali o'rtoqlashdi.

“Biz Bolqon davlatlarida har doim qo’llab-quvvatlagan "Ochiq Bolqon tashabbusi" sammitiga qatnashish va muzokaralar o’tkazish uchun Belgraddamiz”, - deb yozgan Mavlud Chavusho’g’li.


Tanlangan kalimalar: #Mavlud Chovusho'g'li , #Turkiya

Aloqador xabarlar