Turkiya Pokistonga 9 ta samolyotda gumanitar yordam yubordi

Ayni paytda, Turkiyadan 11 nafar AFAD xodimi, 3 ta tibbiy guruh va 6 nafar nodavlat tashkilot vakili bo'lib, jami 20 kishi seldan jabrlangan Pokistonda yordam faoliyatlarini olib bormoqda.

1874410
Turkiya Pokistonga 9 ta samolyotda gumanitar yordam yubordi

 

Turkiya seldan jabrlangan Pokistonga yordam qo'lini uzatmoqda.

Pokistondagi sel falokatidan so'ng Turkiya ushbu mamlakatga 9 ta samolyotda gumanitar yordam yubordi.

Turkiya Ichki ishlar vazirligi, Tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi (AFAD) yetakchiligida Pokistonga yuborilgan gumanitar yordamlar haqida Twitter’da o‘rtoqlashdi.

Qayd etilishicha, shu kungacha Turkiyadan Pokistonga 9 ta samolyot va 1 ta Mehribonlik poyezdi vositasida 7 ming 990 dona ko‘rpa-to'shak, 11 ming 314 dona oziq-ovqat posilkasi, 2 ming dona bolalar ovqati va gigiyena paketi, 1320 quti kiyim-kechak jo‘natildi. Shuningdek, 426 ming dona tibbiy buyumlar, 1008 dona oshxona anjomlari, 50 dona motorli qayiq, 3 ming 935 dona turli oziq-ovqat mahsulotlari jo‘natildi.

Qolaversa, yana shu kunlarda 2-Mehribonlik poyezdi bilan 2 mingta oilaga mo'ljallangan chodir, 21 ming 50ta adeyal, 4 ming 32ta oshxona anjomlari, 2 ming 808 ta oziq-ovqat paketi va 14 ming dona tayyor oziq-ovqat mahsulotlari Pokistonga jo'natiladi.

Ayni paytda, Turkiyadan 11 nafar AFAD xodimi, 3 ta tibbiy guruh va 6 nafar nodavlat tashkilot vakili bo'lib, jami 20 kishi seldan jabrlangan Pokistonda yordam faoliyatlarini olib bormoqda.


Tanlangan kalimalar: #Pokiston , #Turkiya

Aloqador xabarlar