Turkiya Pokistonga ikkita samolyotda gumanitar yordam yubordi

Turkiyadan gumanitar yordam mahsulotlari ortilgan yana ikkita samolyot toshqindan zarar ko'rgan Pokistonga yetib bordi. Bu haqda Turkiya Milliy Mudofaa vazirligining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida e'lon qilingan.

1873429
Turkiya Pokistonga ikkita samolyotda gumanitar yordam yubordi

 

Turkiya suv toshqinlaridan jabrlangan Pokistonga beg’araz yordam qo’lini uzatmoqda.

Turkiyadan gumanitar yordam mahsulotlari ortilgan yana ikkita samolyot toshqindan zarar ko'rgan Pokistonga yetib bordi.

Bu haqda Turkiya Milliy Mudofaa vazirligining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida e'lon qilingan.

"Toshqindan zarar ko'rgan pokistonlik birodarlarimiz uchun insonparvarlik yordami olib ketayotgan samolyotlarimiz Pokistonga yetib bordi. Yana bir bor Pokiston xalqiga hamdardlik bildiramiz. Jarohatlanganlarning tezroq sog'ayib ketishini so’raymiz. Suv toshqinlarida halok bo’lgan birodarlarimizni Alloh o’z rahmatiga olgan bo’lsin!" deb ma’lum qiladi Turkiya Milliy Mudofaa vazirligi.

Tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi (AFAD), Pokistonga chodirlar va insonparvarlik yordamini yetkazish uchun "havo ko'prigi" tashkil etilganini ma'lum qildi.

Pokiston Milliy Tabiiy ofatlarni boshqarish agentligi (NDMA), 14 iyundan beri davom etayotgan musson yomg'irlari sababli yuzaga kelgan suv toshqinlari va ko'chkilar oqibatida 1000 dan ortiq odam halok bo’lganini ma'lum qildi.

Ma’lumotga ko’ra, suv toshqinlari tufayli 992 ming 871ta uy vayron bo’lgan, 727 ming 144ta qishloq xo'jaligi chorva mollari nobud bo'lgan, taxminan 33 million 46 ming aholi jabrlangan,  498 ming 442 kishi lagerlarga joylashtirilgan.


Tanlangan kalimalar: #suv toshqinlari , #Turkiya , #Pokiston

Aloqador xabarlar